Doʻstmatov Doʻnan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Do‘stmatov Do‘nandan yoʻnaltirildi)

Doʻstmatov Doʻnan (1905 - Namangan viloyati Norin Tumani Toshloq qishlogʻi — 1979) — xalq hashari bilan amalga oshirilgan irrigatsiya qurilishlari novatori. 1929 yildan jamoa xoʻjaligi (hoz. "Boʻston" shirkat xoʻjaligi) aʼzosi, hosilot (1936—39), jamoa xoʻjaligi raisi (1947—48), zveno boshligʻi (1949—63). 1965 yildan shaxsiy pensioner. D. Katta Fargʻona kapali (1939) qurilishida kundalik mehnat normasini koʻp marta ortigʻi bilan bajarishni boshlab bergan doʻstmatovchilik harakatining tashabbuskori. Kosonsoy suv ombori, Farhod GES kabi qurilishlarda qatnashgan. Andijon viloyati Kuyganyor qishlogʻida haykali qoʻyilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil