Doʻstlik (Fargʻona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Doʻstlik — Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1981 y.dan). Quvasoy shahar kengashiga boʻysunadi. Fargʻona sh.dan 10 km janubi-sharkda, Isfayramsoyning oʻng sohilida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Quvasoy (7 km). Aholisi 2600 kishi (1998). 25 ga yaqin millat vakillari yashaydi. D.da yirik parrandachilik fabrikasi, koʻchat yetishtiriladigan oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi mavjud. 700 oʻrinli klub, 620 oʻrinli umumiy taʼlim maktabi, 250 oʻrinli musiqa maktabi, kutubxona, 5000 oʻrinli stadion, 22 savdo doʻkoni, 6 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Doʻstlik (Fargʻona)" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil