Shomurod Doʻshakayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Doʻshakayev Shomuroddan yoʻnaltirildi)

Shomurod Doʻshakayev (1871-1952) - oʻymakor usta, Qoʻngʻirot va Shumanay yogʻoch oʻymakorligi maktabining yirik vakili. Us t a Doʻshaka oilasida tugʻilgan. Oʻymakorlikni otasidan oʻrgangan. Doʻshakayev yaratgan buyumlari naqshlarga boyligi, goʻzal va soddaligi bilan ajralib turadi. U "qoʻchqor muguz", "aylanma muguz" va b. turli-tuman shakldagi naqshlar bilan bezagan panjara (erganak), sandik (arja), aravaning old taxtasi, ustun va b. buyumlar mashxur. Doʻshakayev yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil