Dmitriy Sergeyevich Topornin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Topornin Dmitriy Sergeyevich (1885.25.8 Toshkent 1976.9.4) - matematik, texnika fanlari doktori (1942), professor (1931). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944). Petrograd Artilleriya akademiyasini tugatgan (1911). Toshkent kadet korpusining (1912—14), Toshkent harbiy bilim yurtining (1914—18) mat. oʻqituvchisi. Turkiston xalq universitetining ilmiy kotibi (1918—20). Oʻrta Osiyo universitetining (1920—29), Oʻrta Osiyo Paxtachilikirrigatsiya institutining (1929 —31), ToshPIning (1931—63) mat. kafedrasi mudiri. Oʻrta Osiyo elektromexanika institutining rektor oʻrinbosari (1931—33), Oʻrta Osiyo industrial institutining umumtexnika fakulteti dekani (1934—36), mat. kafedrasi professor (1963—65). Ilmiy ishlari kvadrat bazis va uning qoʻllanishiga oid. Ilmiy va metodik qoʻllanmalar muallifi.