Kontent qismiga oʻtish

Disxondroplaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Disxondroplaziya

Disxondroplaziya
Suyaklarda bo'ladigan patologik jarayon
KXK-10 Q77[1]

Disxondroplaziya — Metofizar displaziya guruhiga kiruvchi togʻay displaziyasi[2]. Bu kasallikning paydo boʻlishiga enxondral suyaklanish sabab boʻladi. Etiologiyasi xozirgacha aniqlanmagan. Baʼzi bir tabiiy omillarning taʼsiri borligi aniqlangan. Disxondroplaziyani Olye kasalligi deb ham ataladi. O'z o'rnida bu kasallikning 3 ta turi farqlanadi:

  • Akroforma
  • Monomelik shakli
  • Bir tomonlama shakli
  • Ikki tomonlama shakli

Etiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu kasallikning mohiyati epifizar plastinkaning metafiz[3] tomonga kattalashishi bilan bogʻliq,ohaklanishining buzilishi va tog’ayning rezorbsiyasidir. Bu oʻzgarishlar suyaklarning ayni vaqtda uzunasiga oʻsishi bilan roʻy beradi, natijada ohaklanish buzilgan va togʻaylar rezorbsiyaga uchragan qismlari suyakning uzunasiga siljib, koʻpincha markaziy yoki periferik xolatni egallaydi[4].

Kaft suyaklaridagi disxondroplaziya

Patogenez[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarayon, koʻpincha, panja, tovonlar va yirik suyaklar — son, katta boldir, yelka, bilakning ikkala suyagi metafizlarini shikastlantiradi. Deformatsiyalarda suyaklar metafizar qismlarining qalinlashishi, qiyshayishi, boʻgʻimlar valgus yoki varus xolatini olishi mumkin. Kasallikning oʻziga xos belgisi qoʻl-panja barmoqlarning xondromalar koʻrinishida shikastlanishidir[5].

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ortopedik apparatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar oyoq 5 sm dan ortiq qisqa boʻlsa, burchak deformatsiyasi 10°C dan oshsa, jarroxlik muolajasidan foydalaniladi. Ilizarov, Kalnberz, Tkachenko apparatlaridan foydalanilganda davolashning samaradorligiga erishish mumkin. Tortish taʼsirida displastik toʻqima ossifikatsiyalanib, qoʻl-oyoqning uzunligi tenglashib, oʻqi boʻylab shakli buzilishi toʻgʻrilanadi. Bundan tashqari ushbu deformatsiyani jarrohlik yo'li bilan ham davolash mumkin. Jarrohlik amaliyotida bir vaqatning o'zida suyaklar osteotomiya qilinadi.

Prognoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bemorlarning ortopedik apparatlardan foydalangandan keyingi xolatlarda prognozlar ijobiy. Jarrohlik amaliyotidan so'ng, tiklanish jaryoni yakuniga yetgach, kasallikning qaytalanmasligi kuzatilgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Травматология и ортопедия. Травматология и ортопедия. Юмашев Г. С (1990)
  • Orthopedic Traumatology - A Resident's Guide. (2008)