Discord

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Discord
tashkil topdi:13-may, 2015-yil (8 yil avval) (2015-05-13)
Operatsion sistemaWindows, macOS, Linux, iOS, iPadOS, Android, Web browsers
Til(lar)Ingliz , hind, xitoy, xarvat, nemis
LitsenziyaProprietary[1]
Vebsayt:discord.com

Discord — bu turli xil jamolar jamoalar tomonidan VoIP va video konferensiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan tezkor xabar almashish tizimi (messenjer). U Geymerlar va talabalar orasida eng mashhur. Tuzuvchi San-Fransisko da joylashgan Discord Inc. (sobiq Hammer & Chisel) kompaniyasi.

Kompyuterlarda foydalanishda Windows, macOS va Linux uchun, mobil telefonlarda Android va iOS uchun, veb koʻrinishidagi talqinlari mavjud. U Electron freymvorki asosida qurilgan

2019yil 13-may holatiga koʻra, messenjerda 250 milliondan ortiq foydalnuvchi roʻyxatdan oʻtgan..

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dasturchi Hammer & Chisel oʻzining MOBA oʻyini hisoblangan Fates Foreverni qoʻllab-quvvatlashdan 2015 yilda Discordni ishlab chiqishga oʻtdi. Dastlab, kompaniya YouWeb ning 9+ startapni qoʻllab-quvvatlash dasturi orqali mablagʻ oldi, keyin Benchmark va Tencent dan sarmoyalarni jalb qildi. Ishlab chiquvchilar Skype va TeamSpeak kabi boshqa VoIP ilovalarining eng yaxshi tomonlarini oʻz ichiga oladigan dasturini yaratishni maqsad qilgan edilar.

Ushbu xizmat kibersportsmenlar orasida juda katta mashxurlikka erishdi.

2016-yil boshida undan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 11 milliondan ortiq kishiga yetdi, foydalanuvchilar sonining oylik oʻsishi esa 2 millionni tashkil etdi

2017 -yil oktabr oyida videochat, shuningdek, ekranni almashish funksiyasi qoʻshildi, 2018-yil holatiga koʻra, videomuloqotdagi odamlarning maksimal soni 10 kishini tashkil qiladi. 2020-yil 11-martda kompaniya karantin davrida videomuloqotdagi maksimal odamlar sonini vaqtincha 50 kishiga oshirdi

  1. „Discord Terms of Service“ (en-US). Discord (2018-yil 19-oktyabr). 2020-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.