Didiy Yulian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Didiy Sever Yulian
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Milodiy 133-yil 30-yanvar
Medolian
Vafoti Milodiy 193-yil 1-iyun
Rim
Turmush oʻrtogʻi Manliya Skantilla
Bolalari Didiya Klara
Onasi Emiliya Klara
Otasi Kvint Petroniy Didiy Sever

Didiy Yulian – Milodiy 193-yilda 28-martdan 1-iyungacha 2 oy davomida Rim imperatori boʻlgan. Senatorlar kengashi aʼzosi, Antoninlar davrida u xarbiy va siyosatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan: u bir qancha viloyatlarni boshqargan, nemislar bilan boʻlgan chegara urushlarida gʻalaba qozongan[1]. Milodiy 175-yilda konsul lavozimida ishlagan. Pretorlar 193-yilda imperator Pertinaksni oʻldirganidan keyin Didiy Yulian imperator etib tayinlangan, va bir tomondan Pretorian lagerida bosh hokimiyatni sotib olgan. Senat va shahar pleblari bundan nafratlanishdi. Yulianga qarshi shahar gubernatorlari isyon koʻtarishdi, Siriyada Gay Pesseniy Nigerg, Lutsiy Septimiy Sever Panoninda, Detsim Klodiy Albin Britaniyada. Sever oʻz armiyasini shahar markaziga qarab yoʻnaltirildi. Didiy Yulian qarshilik koʻrsata olmadi: uning qoʻshinlari isyonchilar tomoniga oʻtdi va soqchilar uni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdilar. Imperator Severni oʻzining hamkasbi boʻlishga taklif qildi, ammo Sever bu taklifni qabul qilmadi. Sever Rimga yaqinlashganda, Didiy Yulian Senat tomonidan oʻlimga hukm qilingan va oʻz saroyida oʻldirilgan. Baʼzi manbalarga koʻra Didiy Yulian yomon imperator sifatida tasvirlangan. Oliy hokimiyatni pulga sotib olib, u hukmronlik qilishga tayyor emas edi va qoʻrqoqlik, qatʼiyatsizlik, isteʼdod yetishmasligi va eski illatlardan, xususan, ochkoʻzlikdan voz kechishga qodir emasligini namoyish etdi. Uning hukmronligi imperator Kommodning oʻldirilishi bilan boshlangan va Severusning harbiy diktaturasining oʻrnatilishiga olib kelgan chuqurlashgan siyosiy inqirozni koʻrsatdi[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Didiy Yulianning ajdodlari xaqida koʻp narsa maʼlum emas, bundan tashqari, ushbu mavzu boʻyicha barcha maʼlumotlar bitta manbaga – Yeliem Spartian tomonidan yozilgan „Avgustinlar tarixi“ ning bir qismi sifatida imperatorning tarjimai holiga qaytadi. Didiylar gallarning insubr qabilasiga mansub boʻlgan, ular Medoliana atrofidagi, Transpad Galliyada yashashgan, ular miloddan avval 49-yilda Rim fuqaroligini olishgan. Boʻlajak imperatorning otasining ismi Petroniy Didiy Sever edi, va ehtimol u bitta lotin yozuvida tilga olingan (CIL VI 2010a 24). Imperatorning onasi Afrikadan, Hadrumet kolonniyasidan Klara Emiliya edi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]