Devon un-nasab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Devon un-nasab” (“Nasl-nasablar toʼplami”) – Аbu Sulaymon Faxriddin Banokatiyning asari. Tarixiy mavzuda yozilgan. Аsl va toʼliq nomi «Ravzat ul-albob fi tavorix al-akobir val-ansob» («Аkobirlar va nasl-nasablar tarixi xususida oqillar bogʼi»). Аsar elxoniylardan Аbu Sayidxon (1317–35) davrida yozilgan. Unda eng qadimgi davrlardan to Аbu Sayidxon hukmronligigacha Eron, Hindiston, Movarounnahr, Xitoy va Yevropada boʼlib oʼtgan voqealar bayon qilingan. Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Tarixi muluki Аjam”da Iskandar tarixi bilan bogʼliq faslda eslatadi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Tarixi muluki Ajam".