Desiigner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Desiigner
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Sidney Royel Selby III
1997-yil 3-may
Nyu York Siti, Qo'shma Shtatlar
Fuqaroligi AQSh
Leybl GOOD • Def Jam • LOD
Janr Hip hop • trap
Hamkorligi Kanye West
Faoliyat yillari 2015–hozirgacha
Veb-sayt lifeofdesiigner.com

Sidney Royel Selby III (1997-yil 3-mayda tugʻilgan), Desiigner nomi bilan mashhur, amerikalik reper, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. 2015-yil dekabr oyida uning debyut singli „Panda“ AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda u Def Jam-dan ajralib mustaqil ijodkor boʻldi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desiigner 1997-yil 3-mayda Bruklinda, Nyu-York shahrida tugʻilgan. Uning kelib chiqishi afro-amerikalik va musiqachi Sidney Selbining nabirasi. U Bedford-Stuyvesant mahallasidagi oʻsgan. U maktabda vokal bilan shugʻullana boshladi. 14 yoshida u musiqiy karerasini boshladi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desiigner oʻzining musiqiy karyerasini Dezolo taxallusi ostida boshlagan, u treklarda Designer Royel taxallusi ostida, ayniqsa Royel (uning otasining ismi) bilan ishlashni boshlagan. Uning singlisi uni „Royel“ qismini tashlab, keyin „Dizayner“ qismini oʻzining yangi nomi sifatida ishlatishni maslahat beradi. 2015-yil 3-dekabrda oʻzining yangi taxallusi ostida Desiigner „Zombie Walk“ debyut trekini chiqaradi. 2015-yil 15-dekabrda Desiigner SoundCloud-da oʻzining „Panda“ deb nomlangan debyut singlini chiqardi. 2016-yil 11-fevralda Desiigner Def Jam Recordings homiyligida Kanye West bilan shartnoma imzoladi. Keyin Desiigner 2016-yilgi South by Southwest (SXSW) musiqa festivalida chiqish qildi.

Musiqiy uslub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desiignerning musiqiy uslubi janubiy hip-hop, yaʼni Atlanta, Jorjiya shahrida paydo boʻlgan trap musiqasidan shakllangan. Uning rep texnikasi va vokali Atlantada yashovchi reper Futurenikiga qiyoslangan. Mashxur reper bilan taqqoslashlar haqida soʻralganda, u shunday dedi: „Xudo unga neʼmat berdi, lekin u menga ham baraka berdi. Men uning musiqasiga shubha qilmayman. U ham chiroyli musiqa yaratadi. Musiqa har kuni yaratiladi. Unga katta yuksalishlar tilayman. Menga haqiqatdan ham uning musiqasi yoqadi. Men unga nafrat yoki tanqid bilan qaramayman. Xudo uni asrasin, Xudo meni asrasin.“

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Kategoriya Nominatsiya Natija Manba
2016 2016 Teen Choice Awards Choice Music: R&B/Hip-Hop Song "Panda" Nominatsiya [1]
MTV Video Music Awards Best New Artist Himself Nominatsiya [2]
Best Hip-Hop Video "Panda" Nominatsiya
BET Hip Hop Awards Best Hip Hop Video Nominatsiya [3]
Peopleʼs Champ Award Nominatsiya
Best New Hip Hop Artist Himself Nominatsiya
MTV Video Music Awards Japan Best Hip Hop Video "Panda" Nominatsiya [4]
American Music Awards Video of the Year Nominatsiya [5]
Favorite Rap/Hip-Hop Song Nominatsiya
WatsUp TV Africa Music Video Awards WatsUp TV Viewers Choice Award Yutuq [6]
2017 Grammy Awards Best Rap Performance Nominatsiya [7]
iHeartRadio Music Awards Hip-Hop Song of the Year Nominatsiya [8]
Hip-Hop Artist of the Year Himself Nominatsiya
Best New Hip-Hop Artist Nominatsiya
Billboard Music Awards Top New Artist Himself Nominatsiya [9]
Top Streaming Songs Artist Nominatsiya
Top Rap Artist Nominatsiya
Top Streaming Song (Video) "Panda" Yutuq
Top Rap Song Yutuq

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Teen Choice Awards 2016: Jelena, 'Pretty Little Liars' & More Score Nods In Second Wave“. Hollywoodlife.com (2016-yil 9-iyun). 2016-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-dekabr.
  2. „Beyonce, Adele Lead Nominees for 2016 MTV Video Music Awards“. Billboard. July 26, 2016. Qaraldi: July 26, 2016.
  3. „Here Are the Nominees for BET's 2016 Hip-Hop Awards“. Complex (2016-yil 18-avgust). Qaraldi: 2016-yil 19-dekabr.
  4. „Nominees Announced for the MTV Video Music Awards Japan 2016“. ARAMA Japan (2016-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-dekabr.
  5. „AMAs 2016: See the Full List of Winners“. Billboard. Qaraldi: November 21, 2016.
  6. Mawuli, David „WAMVA 2016: Diamond Platnumz, Shatta Wale, Beyonce win big; see full list of winners“ (2016-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  7. „Here Is the Complete List of Nominees for the 2017 Grammys“. Billboard. December 6, 2016. Qaraldi: December 19, 2016.
  8. „Here's The Complete List Of #iHeartAwards Winners | iHeartRadio Music Awards | iHeartRadio“. iHeartRadio. 2017-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
  9. „Drake, The Chainsmokers Lead Nominees for the 2017 Billboard Music Awards“. Billboard. April 10, 2017. Qaraldi: April 10, 2017.