Deshifrator
Deshifrator (frans. dechiffrer -maʼnosini yechmoq) — xabarlarni oʻqiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) oʻtkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokatsiya qurilmalari va b.da beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. D.ning kirish qismiga kelgan axborotlar oʻzgartiriladi (deshifrlanadi) va chiqish qismida axborot mazmunini ifodalovchi signalga aylanadi. D. kiri-shidagi signalga chiqishidagi muayyan signal mos keladi. D. telegraf apparatlari, telefon aloqasi, telemexanika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va oʻlchash texnikasida qoʻllaniladi.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |