Dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot institutiOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot muassasasi. 1932 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. Institutda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, keng tarqalgan dermatozlar va dermatomikozlar, shuningdek, moxovni aniqlash, davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib boriladi. Bunda S. Xidirov, U. K. Beluxa, M. Obidov, A. Vaysov kabi olimlarning xizmatlari katta. Institutda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar, mikologiya, dermatologiya boʻlimlari, ilmiytashkiliy boʻlim, ilmiy-maslahat poliklinikasi va mikrobiologiya, serodiagnostika, immunologiya, farmakoterapiya, bio-kimyo va morfologiya laboratoriya.lari, 160 oʻrinli klinik kasalxona, kutubxona, vivariy va h.k. bor (2001). Institutda 4 fan doktori (S. Arifov, K. Yoʻldoshev, A. Rahmatov, E. Eshboyev), 27 fan nomzodi va b. xodimlar xizmat qiladi (2001). Institut Davlat fan va texnika qoʻmitasi, chet el grandlarini yutgan. Institutda ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etiladi, ixtirolar qilinadi, dermatovenerologiyaning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil