Dereli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dereli
Tuman
Skyline of Dereli
Dereli
Bayroq
40°44′20″N 38°26′56″E / 40.73889°N 38.44889°E / 40.73889; 38.44889 G OKoordinatalari: 40°44′20″N 38°26′56″E / 40.73889°N 38.44889°E / 40.73889; 38.44889 G O
Mamlakat Turkiya
Aholisi 20,405
Pochta indeks(lar)i 28950
Avtomobil kodi 28
Dereli xaritada
Dereli
Dereli

Dereli — Giresun viloyatiga qarashli tuman. Giresun viloyatining janubida, Şebinkarahisar yoʻlining 32 km naridagi Aksu vodiysida joylashgan. Dereli 1926-yilda qasaba, 1958-yilning 1-aprelidan boshlab tumanga aylantirilgan. Undan avval bu yerlarda Turk va Rum doʻkonchilari yashagan Dölçukuru nomli qishloq mavjud boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh vazirlik davlat arxivi (Başbakanlık Devlet Arşivi)da 1500-yillarda Dölçukuru qishlogʻi Yar Alibey ismli turkman beyiga qarashli timor boʻlgani, undan har yili 400 xos oqcha soliq toʻlaganligi yozilgan. Dereli tarixini Giresun tarixi bilan bogʻlagan holda oʻrganish kerak. Giresun 1397-yili Turkman beyi BayramŞahning nevarasi Emir Oğlu Süleyman bey tomonidan egallangan. Bu voqeadan soʻng Giresun va uning atrofiga koʻplab oʻgʻuz turkman qabilalari koʻchib kela boshlagan. Manbalarda Giresun va uning atrofi Kuşlu Han va Zırhlı Han ismli shaxslarga qarashli boʻlganligi qayd etilgan. Dereli ikki qoʻl (Kuşluhan ve Zırhlıhan)dan kelganligi aytiladi. Oʻrta Osiyo va Xurosondan kirib kelgan oʻgʻuz turkmanlari Kelkit vodiysi boʻylab Şebinkarahisar va Dereli janubiga oʻrnasha boshlaganlar. Boshqa qoʻli esa Harşit Vodiysiga kirib kelgan va oʻrnashgan boʻlib, boshqa bir qismi bugungi kundagi tuman atrofini oʻzlashtira boshlagan. Istanbul salibchilar qoʻliga oʻtgach, Sinop atrofida yashagan Çepni nomli oʻgʻzuz qabilasi sharqqa tomon siljib, Giresun va Dereli atrofiga koʻchib oʻtishgan.

Dereli atrofiga koʻchib kelgan turkmanlar asosan Saljuqiylar davrida koʻproq oʻrnasha boshlagan. 1398-yilda Boyazid Yildirim bu hududlarni bosib olish uchun qilgan safari davomida Canik beyligining markazi Samsunni qoʻlga kiritgan. Bu voqeadan soʻng Dereli va uning atrofi Usmonli davlatiga qoʻshib olingan. Anqara jangidan soʻng Amir Temur bu hududlarni turkman beyi Hacı Emiroğlu Süleymanga topshirgan. U davrlarda Dereli hududida Oqquyunli hukmdorlari tomonidan baʼzi shaxslarga vaqf qilib berilgan tuproqlar boʻlgan. Dereli va uning atrofi Saljuqiylardan soʻng bugungi kunga qadar turklar yashagan hudud sanaladi. Professor Faruk Sümerning „Oğuzlar/Türkmenler“ asarida 1515-yilga oid arxiv daftarlarida bu hudud, Giresun va Trabzon atrofining nomlanishi Vilayeti Çepni tarzida kechgani aytiladi. Asarda, shuningdek, joy nomlarining turkcha ekani, bu yerda yashovchi aholi asosan turkman boʻlib, Hoji Bektosh Alining muridlari boʻlganligi taʼkidlangan.

Dereli va uning atrofi Giresunga qarashli qishloq sifatida Tanzimot davriga qadar Trabzonga qarashli hudud boʻlgan. Solnomalarda Tanzimotdan davridan keyin Karahisar'ı Şarki (Şebinkarahisar) Sanjogʻiga, keyin yana Trabzonga qarashli boʻlganligi aytilgan. Gruziya ruslar tomonidan egallanganidan soʻng musulmon gruzinlar koʻchishga majbur boʻlgan va 1892-yilda Dereli atrofidagi baʼzi qishloqlarga kelib oʻrnashgan. Turkiya respublikasi eʼlon qilingach, 1926-yildan boshlab Dereli Giresunga qarashli bir qasabaga aylangan. 1958-yil 1-aprel kuni chiqarilan 7033-sonli qonunga koʻra tuman statusiga ega boʻlgan.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dereli Giresun viloyatining janubi, Şebinkarahisar yoʻlining 32-kilometrida yer olgan Aksu Vodiysining ustida joylashgan. Sharqda Keşap va Yağlıdere, gʻarbda esa Bulancak tumanlari bilan chegaradosh. Tuman „Yaylovlari diyori“ sifatida nom chiqargan.

Giresunning boshqa tumanlari kabi ancha balandlikda joylashgan Dereli, Karagöl-Kırklar togʻlarining 3000 metrlik baland yerlarini oʻzida jamlagan. Giresun togʻlarining eng baland nuqtasi sifatida bilinadigan Olan Abdal Musa choʻqqisining balandligi 3331 metrdir. Ichki Anadoʻli oʻlkasiga kirish Eğribel dovoni orqali amalga oshiriladi. Tumanning hududiy maydoni 820 kv. km2.ni tashkil etadi. Tumanda oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1300 mm.ga qadar chiqadi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda hech qanday fabrika joylashmagan boʻlsa-da, yangi yirik gidroelektrostantsiya bunyod etilmoqda. Tumanni sohil bilan bogʻlab turuvchi Şebinkarahisar yoʻli asfalt qilingan boʻlib, yoʻllari ancha yaxshi ekanligi aytiladi. Soʻngi vaqtlarda qishloq yoʻllariga beton yotqizilmoqda.

Tumanda yongʻoq yetishtirish eng muhim xoʻjalik turi sanaladi. Tumanning baʼzi tumanlari oʻrmon qishlogʻi boʻlganidan, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan kooperativlar mavjud. Bundan tashqari katta va kichik boshli hayvonlar boqiladi, shirin suv baliqchiligi bilan shugʻullanib kelinadi. Dereli tumanining tuprogʻi unumdor boʻlishiga qaramasdan, aholining muttasil koʻchib ketishi sababli qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shugʻillanilmaydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yili Aholi soni Shahar aholisi Shahar tashqarisi aholisi
1960[1] 30.189 1.234 28.955
1965 34.269 2.003 32.266
1970 35.554 4.250 31.304
1975 35.773 4.188 31.585
1980 36.758 4.550 32.208
1985 37.248 4.858 32.390
1990 34.422 6.058 28.364
2000 27.860 8.124 19.736
2007 22.902 5.702 17.200
2008 22.124 5.652 16.472
2009 21.832 5.978 15.854
2010 21.319 6.043 15.276
2011 21.045 5.940 15.105
2012 20.875 5.871 15.004
2013 20.870 5.648 15.222
2014 20.615 6.847 13.768
2015 20.215 7.039 13.176
2016 22.840 9.859 12.981
2017 21.102 8.921 12.181
2018 20.405 5.549 14.856
2019 19.731 6.942 12.789
2020 19.369 6.036 13.333

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"İl, İlçe, Bucak ve Köyler itibarıyla nüfus"“. 2015-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.