Derbi pishloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dderbi (inglizcha: Derby — yarim qattiq pishloq. Buyuk Britaniyada qaynatilgan sigir sutidan tayyorlanadi[1]. Unga qaymoq taʼmli xususiyat xos.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Derbi pishlogʻi haqida ilk yozma manbalar XVIII asrlarga toʻgʻri keladi. Pishloq nomi u ishlab chiqariladigan hudud nomi bilan bogʻliq. Pishloq Angliyaning Derbyshire grafligida ishlab chiqariladi[2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloqning taʼmi va xushboʻyligi uning saqlanish muddatiga bevosita bogʻliq. Qancha uzoq saqlangan boʻlsa, mazasi ham shunchalik boy boʻladi[3] [norasmiy manba?]. Pishloq silliq tuzilishga ega. Zichligi cheddar pishlogʻini yodga soladi, ammo tayyorlash jarayoni farq qiladi[2].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Derbi pishlogʻini tayyorlash texnologiyasi boshqa pishloqlarnikidan birmuncha farq qilishi mumkin. Masalan, Sage derbi pishlogʻi (Sage Derby; inglizcha: sage — mavrak) mavrak qoʻshilib tayyorlanadi. Portveyn sharobi qoʻshilgan derbi pishlogʻi (Port Wine Derby) ham bor. Mavrakli derbi, yaʼni Sage derbisi ozgina yalpizga oʻxshash taʼmga ega, portveynli derbisi esa qaymoqli taʼmga ega.

Sage derbi pishloqi uning masalligʻiga maydalangan mavrak qoʻshilishi bilan tayyorlanadi. Bu pishloqqa oʻziga xos taʼm beradi. Natijada, pishloqning tarkibida mavrak parchalari bilan toʻladi. Pishirish paytida mavrak hidini yumshatish uchun tugʻralgan ismaloq ham qoʻshiladi. Bu pishloqda yashil tusli marmarga oʻxshash izlar paydo qiladi. Ismaloq va mavrak nisbatini oʻzgartirish orqali pishloqning taʼmi va xushboʻyligi belgilanadi[2]. XXI asrda tvorogli aralashmaga moychechak, kalendula va petrushka sharbati ham qoʻsha boshlashdi. Pishloq tez, 1-3 oy ichida tayyor boʻladi[1]. Pishloq tayyor boʻlish jarayonida yumshoq zichligi zichroq boʻladi, uning oʻtli va achchiq taʼmi kuchayadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Cheesemaking Practice, Avtori: R. Andrew Wilbey,J.E. Scott,Richard K. Robinson
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Angliyskiy sir Sage Derby“. 2017-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  3. Sir Derbi // Yeda.ru