Nina Demidenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Demidenko Nina Mixaylovnadan yoʻnaltirildi)

Nina Mixaylovna Demidenko (1925.19.12, Bishkek) — gigiyenist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), tibbiyot fanlari doktori (1970), professor (1971). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1949). Shu institut mehnat gigiyenasi kafedrasi assistenti (1954—61), dosenti (1962—67), mudiri (1967—1990, 1990-yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasida), 1992-yildan professor konsultant. Oʻlka gigiyenasi va mehnat fiziologiyasi, pestitsidlar gigiyenasi va toksikologiyasi muammolari ustida tadqiqotlar olib borgan. "Shuhrat" medali (1994) bilan takdirlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil