Demet Ozdemir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Demet Ozdemir — (tur. Demet Özdemir) Izmit shahrining Marmara viloyatida, 1992-yilning 26-fevralida tugʻilgan. U Turk aktrisasi. [1]

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demet 1992-yilning 26-fevralda Kojaeli qishlogʻiga kiruvchi Izmit shahrida tugʻilgan: u oilada uch farzandning eng kichigi edi; akasi Volkan va Derya ismli opasi bor. Demet 8 yoshligida ota-onasi ajrashishdi va u onasi, opasi bilan Istanbulga ko'chib o'tdilar. Maktabda Demet raqsga tushishni yaxshi ko'rardi. U Mustafo Sandalning “Ateş et ve unut” klipida ham suratga tushgan.

Demet Ozdemir
Tavalludi 1992 - yil, 26-fevral
Izmit, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2013 - yildan boshlab - hozirgi vaqtgacha

U ilk bor televizorda 2013-yilda Fox Tv telekanalidagi “Senga sirimni aytaman” serialida chiqadi. Keyinchalik u "Kurt Seyit va Aleksandra" teleserialida rol o'ynadi va u yerda Eylin rolini o'ynadi. 2015-yilda “Star Tv” telekanalida Yusuf Chim bilan birgalikda “Qulupnay hidi” serialida Asla rolini ijro etgan. 2016 - yil iyun oyida u Fox Tv telekanali ekranlarida "309-raqam" serialidagi qiz Lale roli bilan chiqdi. 2018 - yil iyun oyidan boshlab u Sanem qizining bosh rolini o'ynagan keyinchalik esa "Erta qush" teleserialida suratga tusha boshladi. [2]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015 - yildan beri u aktyor Yusuf Chim bilan yaqin munosabatlar qurishadi va u bilan birga "Qulupnay hidi" serialida rol o'ynaydi. Ularning o`ratasida ko`p tushunmovchiliklar yuz beradi va yana hech nima bo`lmagandek tez yarashib kitishardi, ammo Demet nihoyat 2016 - yilda aktyor bilan munosabatlarni uzishga qaror qildi.. 2018 - yil iyun oyida aktrisa yangi mashuqasi Sechkin Ozdemirni ommaga tanishtiradi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Демет Оздемир“. 24CМИ. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  2. „Демет Оздемир Биография“. Сериалы. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  3. „Demet Ozdemir“. Kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.