Delon Alen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

DELON (Delon) Alen (Alain Delon, 1935.8.11, Parij) — fransuz aktyori, prodyuser. Dastlab unga shuhrat keltirgan film "Yarqiragan quyoshda"gi Tom Rishli roli boʻldi. "Rokko va uning aka-ukalari", "Oyning tutilishi", "Qoplon", "Samuray", "Trotskiyning oʻldirilishi", "Mesye Klyayn" kabi filmlardagi oʻz qahramonlari orqali munofiq insonlarning oʻziga xos psixologiyasini, moddiy va maʼnaviy konfliktlarni mohirona ochib berdi. Oʻzining kelishgan tashki koʻrinishi, ijrosidagi plastiklik, joʻshqinlik sargu-zasht va detektiv filmlarda, shuningdek, oʻzi ekranlashtirgan "Politsiyachi terisi uchun", "Boʻysunmas" filmlarida yaqqol koʻzga tashlandi va D.ning mashxurligini yanada oshirdi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil