Delib Kleman Filiber Leo
Jump to navigation
Jump to search
DELIB (Delibes) Kleman Filiber Leo (1836.21.2, Sen-Jermen dyu-Val — 1891.16.1, Parij) — fransuz kompozitori, balet janri isloqotchisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848—53) va shu yerda prof. (1881 y.dan). Fransiya instituti (akademiyasi)ning aʼzosi (1884 y.dan). Uning "Jilgʻa" (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), "Koppeliya" (1870), "Silviya" (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan toʻldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy "Qirol shunday degan" va lirik-dramatik "Lakme" (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. D.ning "Lakme" va "Koppeliya" asarlari Navoiy teatriaya 1947 y.dan beri sahnalashtirilmoqda.
Adabiyot[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |