Semyon Dejnyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dejnyov Semyon Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Semyon Ivanovich Dejnyov (taxminan 1605— 1673, Moskva) — rus yoʻl ochuvchisayyohi, dengizchisi. Sharqiy Sibirdagi kazak polklarida xizmat qilgan. 1640— 42 y.larda Osiyoning chekka shim.-sharqiy qismini kolonizatsiyalashtirish va Rossiyaga qoʻshib olishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tuzilgan ekspeditsi-yada qatnashgan. Oymyakonda bulgan. Mahalliy aholidan zurlik bilan davlat xazinasiga sobol (sibir yoki Kamchatka suvsari) moʻynasidan yasoq toʻplagan. 1648 y. navbatdagi ekspeditsiya bilan kemada shim. suv yoʻlidan sharqqa tomon suzib, Osiyoning eng chekka nuqtasiga yetib borgan. Soʻngra Osiyo va Amerika oraligʻidagi boʻgʻoz (Bering boʻgʻozi)dan birinchi marta oʻtgan va Chukotka ya. o.ni aylanib, quruqlikdan Kolima daryosining quyilish joyiga yetib borgan. Anadir va Anyuy darelarini haritaga tushirgan. Kazak atamani unvonini olgan. D. nomiga Osiyoning eng shim.-sharqiy chekka nuqtasi, Chukotkadagi tog tizmasi, Bering dengizi gʻarbiy sohilidagi qoʻltiq qoʻyilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil