Davlat dumasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Davlat Dumasidan yoʻnaltirildi)

Davlat dumasi:

1) Rossiya imperiyasida 1906—1917-yillarda qonun chiqaruvchi vakolatli muassasa. 1905-yil 17-oktabr Manifesti bilan taʼsis qilingan. 1917-yil 6(19)-oktabrda Muvaqqat hukumat tomonidan tarqatib yuborilgan.

2) Rossiya Federatsiyasining 1993-yildagi konstitutsiyasiga koʻra Federal majlis ikki palatasidan biri. Deputatlarning yarmi siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar roʻyxatlari boʻyicha, qolgan yarmi majoritar tizimga muvofiq bir mandatli okruglar boʻyicha 4 yilga saylanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil