Darvin oʻyini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darvin o'yini

Anime logotipi
Rejissyor(lar) Yoshinobu Tokumotoi
Ssenariynavis(lar) Shu Miyama
Bastakor(lar) Kenichiro Suehiro
Studiya(lar) Nexus
Chiqarilgan sanasi

4-yanvar 2020-yil —

20-mart 2020-yil
Davomiyligi 11 seriya, 25-daqiqadan
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha

Darvin oʻyini (yaponcha: ダーウィンズゲーム) – syo‘nen, ekshen, detektiv va fantastika janrlarida, shu nomdagi mangaga asoslangan yapon animesi.

Manga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manga muallifi FILIPFLOPs taxalluslida ijod qiluvchi yozuvchi va manga rassomi boʻlib, Akita Shōnen nashriyotiga tegishli Bessatsu Shōnen Champion manga jurnalida 2013 -yil yanvar sonida birinchi qismi chop etildi[1][2]. Manganing soʻngi qismi 2020-yil 11-yanvarda taqdim etildi[3]. 2023-yil iyun holatiga koʻra 28 jilda jamlandi[4].

Jild Nashr qilingan sana Yapon ISBN
1 2013-yil 7-iyun ISBN 978-4-253-22188-7
2 2013-yil 8-oktyabr ISBN 978-4-253-22189-4
3 2014-yil 7-fevral ISBN 978-4-253-22190-0
4 2014-yil 8-iyul ISBN 978-4-253-22191-7
5 2014-yil 7-noyabr ISBN 978-4-253-22192-4
6 2015-yil-6 mart ISBN 978-4-253-22193-1
7 2015-yil 7avgust ISBN 978-4-253-22194-8
8 2015-yil 8-dekabr ISBN 978-4-253-22195-5
9 2016-yil 6-may ISBN 978-4-253-22196-2
10 2016-yil 7-oktyabr ISBN 978-4-253-22197-9
11 2017-yil 6-yanvar ISBN 978-4-253-22198-6
12 2017-yil 8-may ISBN 978-4-253-22199-3
13 2017-yil 6-oktyabr ISBN 978-4-253-22200-6
14 2018-yil 8-mart ISBN 978-4-253-22207-5
15 2018-yil 8-avgust ISBN 978-4-253-22212-9
16 2018-yil 8-noyabr ISBN 978-4-253-22215-0
17 2019-yil 8-mart ISBN 978-4-253-22212-9
18 2019-yil 8-iyul ISBN 978-4-253-22215-0

Anime[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 18-noyabrda Manganing 16 jildi taqdim etilgach uning animesi ishlab chiqarilishi eʼlon etildi[5]. Keyinchalik buni manga muallifi FILIPFLOPs ham tastiqladi. Nexus studiyasi tomonidan yaratilgan anime serialga Yoshinobu Tokumoto rejissyorlik qilgan boʻlib, Shu Miyama ssenariy muallifi hisoblanadi. Darvin oʻyini animesidagi musiqalar bastakor Kenichiro Suehiro tomonidan yaratiladi[6]. Animening birinchi qismi Tokyo MX va boshqa kanallarda namoyish etiladi[7]. 2020-yil 3-yanvaridan 20-martgacha animening birinchi fasli hisoblangan 11 seriyasi namoyish etiladi[8].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokio koʻchalarida Hamada ismli oʻyinchi koʻrinmaslik qobiliyatga ega boshqa oʻyinchidan yashirinayotgan edi. U oʻldirilishidan oldin qutulib qolish chorasi sifatida sinfdoshi va yaqin doʻsti Kaname Sudoga oʻyinning taklif havolasini yuboradi. Doʻstining taklifidan yomon narsa kutmagan Kaname "Darvin oʻyini"ni telefoniga oʻrnatib uni ochgach gʻalati gallyutsinatsiyani boshidan kechirib, ilon chaqqandek tuyiladi. Kamane boshida hech narsani tushunmaydi, unga hammasi oddiy tuyiladi lekin oʻyinda Banda nomli panda kostyumini kiyib olgan ishtirokchi uni jangga chaqirib oʻldirmoqchi boʻlganda u bu voqealar jiddiy ekkanligini tushunadi. Kanameni uning yana bir doʻsti Kyoda qutqarib qoladi. Keyin Knamening halaskor doʻsti Kyodo „Darvin oʻyni“ haqidagi maʼlumotlar va dahshatli qoidalarni ochiqlay boshlaydi. Bu oʻyin qatnashchilari bir-biriga qarama-qarshi qoʻylib ular oʻzlari raqib tanlashi yoki tanlanishi ham mumkin edi. Bunday toʻqnashuvlar oʻlim bilan tugab, oʻlgan ishtirokchi oʻzidan gʻalati mozayka shaklidagi tasvirlar qoldirar edi. Maʼlum boʻlishicha oʻyinda kirishda chaqib olgan ilon ishtirokchilarga "Sigil" deb nomlangan qobiliyat berib, ular oʻyin davomida bu qobiliyatdan gʻalaba yoʻlida ishlatishi mumkin edi. Sigillar har hil boʻlib, kimdadir koʻrinmaslik, kimdadir narsalarni boshqarish qobiliyati. Yangi ishtirokchi boʻlgan Kaname, oʻyindagi kuchli zanjirlar bilan jang qiluvchi Shuka Karinonning eʼtiborini tortadi. Shuka Kanameni oʻyin qoidalari va omon qolish yoʻllarini yaxshiroq tushuntirish uchun oʻzining bazasiga taklif etadi. Bu yerda ular oʻrtasida jang boʻladi, natijada Kaname oʻziga berilgan sigilni kashf etadi. Uning sigili oldin koʻrgan qurollarni qoʻlida paydo qila olish edi. Kaname biror qurol haqida tasavvur qilsa u yoʻq joydan uning qoʻliga paydo boʻlardi. Ikki kishilik ittifoq tuzgan Shuka va Kaname omon qolish yoʻlida Tokiodagi boshqa katta guruhlarga qarshi chiqa boshlaydi. Animening soʻngi seriyasidagi katta oʻyinda Kanemening jamoasi gʻolib boʻladi va unga istalgan yangi sigil taqdim etiladi.

Ovoz bergan aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Darvin o‘yini" animesi jahon boʻylab koʻplab tillarga tarjima qilinib, oʻzbek tiliga ham dublyaj qilingan Animening asil nusxasiga quyidagi yapon aktyorlari ovoz bergan.dublyaj qilingan [9] Animening asil, yapon va ingliz tillariga quyidagi aktiyorlari ovoz bergan[10].

Qahramon ismi Yapon tilida ovoz bergan aktiyorlar Ingliz tilida ovoz bergan aktiyorlar
Kaname Sudō Yūsuke Kobayashi Stephen Fu
Shuka Karino Reina Ueda Alexis Tipton
Rein Kashiwagi Nichika Ōmori Tia Ballard
Sōta Yumiri Hanamori Brittany Lauda
Ryūji Maesaka Taku Yashiro arrod Greene
Liu Xuelan Ai Kayano Katelyn Barr
Ichiro Hiiragi Takehito Koyasu Chris Wehkamp
Hamada Yūya Hirose Clifford Chapin
Kyōda Chiaki Kobayashi Kyle Phillips
Shinozuka Fukushi Ochiai Cris George
Suzune Hiiragi Konomi Kohara Apphia Yu
Banda-kun Eiji Takemoto Jeremy Inman

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bessatsu Shonen chempioni 2013-yil yanvar soni“. www.akitashoten.co.jp. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  2. „Darwin's Game Manga Gets TV Anime“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. „Darwin's Game Manga Enters Final Arc“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  4. „Darwin's Game Manga Ends With 125th Chapter (Update)“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  5. „Darwin's Game Manga Gets TV Anime“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  6. „Darwin's Game Anime Reveals Video, Additional Cast, Staff“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  7. „Darwin's Game Anime to Premiere in 2020“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  8. „Darwin's Game Anime Premieres With 1-Hour Special on January 3“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  9. „Darvin o'yini [17+“]. amediatv.uz. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  10. „Darwin's Game Anime Casts Yūya Hirose, Chiaki Kobayashi, Fukushi Ochiai“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.