Daniel Gabriel Fahrenheit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Daniyel Gabriyel Farengeytdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Daniel Gabriel Fahrenheit (talaffuzi: Daniyel Gabriyel Farengeyt) (1686—1736) — nemis fizigi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada ishlagan. Spirtli (1709) va simobli (1714) termometrlar yasagan. Oʻz nomi bilan ataladigan temperatura shkalasini taklif qilgan. Unda umum qabul qilingan tayanch nuqtalari normal atmosfera bosimida muzning erish nuqtasi bilan suvning qaynash nuqtasi orasida temperatura intervali 180 boʻlakka — Fahrenheit gradusi (°F) ga boʻlingan. Muzning erish nuqtasi Fahrenheit shkalasida 32 °F, suvning qaynash nuqtasi 212 °F deb olingan (yana qarang Gradus).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]