Daniyel Axtamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniyel Rasimovich Axtamov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-mart 1985-yil
Tavallud joyi Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Boʻyi 189 sm

Daniyel Rasimovich Axtamov (ozarbayjoncha: Daniel Rəsim oğlu Axtyamov, 1985-yil 26-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – ozarbayjon va rus futbolchisi, Ozarbayjon terma jamoasi futbolchisi. Hujumchi.

Boigrafiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Rasim Axtamov Bokuda tavallud topgan. U Neftçi Boku PFK jamoasida futbol oʻynagan[1].

Daniyel Cherepovetsning „Aist“ jamoasining shogirdi boʻlib, 7 yoshidan boshlab futbol oʻynagan. Otasining sharofati bilan Moskvaning „Lokomotiv“ internatiga oʻqishga kirgan. Uni tugatib, temiryoʻlchilar zaxirasiga tushishni moʻljallagan, ammo rahbariyat uni jamoaga olishni istamagan. Axtamov Cherepovetsga qaytib kelgan va u yerda „Sheksna futbol jamoasida oʻynay boshlagan.

Axtamov 2004-yilda „Vityaz (Podolsk) futbol klubiga oʻtgan, ammo u yerda uzoq qolmagan. 2004-yilning ikkinchi yarmida Ozarbayjonga kelgan va u yerda Ozarbayjon futbol oliy ligasining „Inter (Boku) jamoasida oʻynay boshlagan[2].

2005-yilda „Ganja“ futbol klubiga[3], biroz vaqt oʻtgach esa „Olimpik (Boku) futbol klubiga oʻtgan. 2006–2007-yilgi mavsumda yana „Inter“ safida oʻynadi.

Daniyel Rasimovich 2008-yilda Torpedo klubi (Moskva) taklifini qabul qilib, Rossiyaga qaytib kelgan[4]. Yil oʻrtalarida „Sheksna“ klubiga oʻtgan.

2009-yilda Belarusning „Minsk“ va Ozarbayjonning „Simurg“ jamoalari sharafini himoya qilgan.

Axtamov 2011-yilda Oʻzbekistonning „Jombay“ jamoasida, 2012-yilda esa Moldovaning „Tiraspol klubida oʻynagan.

Futbolchi 2012-yilning ikkinchi yarmida Cherepovets „Aist“ jamoasiga oʻtgan[5] va 2013-yildan „Titan (Klin) jamoasida oʻynagan.

Ozarbayjon terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daniyel Ozarbayjon fuqaroligini qabul qilgan va Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi safida ilk bor toʻp surgan[6].

Tez orada Ozarbayjon milliy futbol jamoasiga qoʻshilgan 2004-yilda Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda qatnashgan. Bir necha oʻyindan soʻng Axtyamov ozarbayjonlik murabbiylar nazaridan chetda qolgan. 2009-yilda Ozarbayjon terma jamoasiga endigina bosh murabbiylik qila boshlagan Berti Fogts Axtyamovni terma jamoaga qaytargan, ammo hujumchi birorta ham gol ura olmagan[7]. Daniyel umumiy hisobda terma jamoa bilan 13 ta oʻyin oʻtkazgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „1972. Высшая лига. Составы команд“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-noyabr.
  2. „AFFA - Azərbaycan Futbol Federasiyaları Assosiasiyası“. www.affa.az. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  3. Shaxin DINIYeV: „Gruppa lyudey v Gyandje prepyatstvuet razvitiyu futbola v regione“[sayt ishlamaydi]
  4. „Главные спортивные новости на сегодня | Poslednie novosti sporta v Rossii i mire.“ (ru). sport-express.ru. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  5. „Куда унес «Аист» бывшего футболиста сборной Азербайджана?“. 2012-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
  6. Daniel Axtyamov
  7. „Даниэль Ахтямов не нашел себе друзей в Азербайджане“. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.