Damashq birjasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Damashq birjasi (Damashq qimmatli qogʻozlar birjasi (DSE), arab. سوق دمشق للأوراق المالية) — Suriya poytaxti boʻlmishDamashq shahrida joylashgan fond birjasi. U 2009-yilda tashkil etilgan va Suriyadagi yagona fond birjasi hisoblanadi. Damashq fond birjasi Yevroosiyo fond birjalari federatsiyasi va arab birjalar federatsiyasining aʼzosi hamdir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birjani ochishga tayyorgarlik jarayoni 2008-yilda boshlangan, shuningdek birja sayti ham yaratilgan. Birinchi rasmiy savdo 2009-yil 10-mart, seshanba kuni boshlangan. Oʻsha paytda birjada 6 ta aksiya sotilgan, yana 4 tasi joylashtirishga tayyorlangan[1]. 2009-yil aprel oyida Damashq birjasi Arab birjalari federatsiyasiga aʼzo boʻlgan[2].

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, fuqarolar urushi boshlangan sana — 2011-yilning mart oyidan 2012-yilning mayigacha Suriya funtining qiymati 45 %, Damashq fond birjasi indeksi esa deyarli 40 ga% ga tushib ketgan.

Ayni paytda Damashq birjasida yigirmadan ortiq kompaniyalarning qimmatli qogʻozlari sotiladi, bu asosan banklar, moliya va sugʻurta tashkilotlaridir, shuningdek ular orasida sanoat va qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va telekommunikatsiya kompaniyalari ham mavjud[3].

2021-yil fevral oyida Damashq fond birjasi indeksi (DWX) birja ochilganidan keyingi davr ichida eng yuqori darajaga — 10,035.91 punktni qayd etdi[4].

Savdo-sotiq vaqti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Damashq birjasi yakshanbadan payshanbagacha ishlaydi, juma va shanba — dam olish kunlari hisoblanadi. Savdo-sotiq mahalliy vaqt bilan 11:00 dan 13:00 gacha (UTC+3) oʻtkaziladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Сирия открыла свою первую биржу“ (ru). Агентство нефтегазовой информации (2009-yil 10-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
  2. „Damascus Securities Exchange…. Becomes a member in Arab Bourse Union“. ru:Дамасская фондовая биржа становится членом Арабского биржевого союза (en). DSE.sy (2009-yil 20-aprel). Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
  3. „Listed Securities“. ru:Перечисление компаний на бирже (en). DSE.sy. Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
  4. „Damascus Securities Exchange Index continues to achieve new records“. ru:Индекс Дамасской фондовой биржи достигает новых рекордов (en) (2021-yil 24-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.