Dalton Smith

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dalton Smith
Smith Providence Bruins klubi bilan 2015-yilda
Tugʻilgan joyi 30-iyun 1992-yil (1992-06-30) (31 yosh)
Oshawa, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 203 lb (92 kg; 14 st 7 lb)
Pozitsiyasi qanot hujumchisi
AHL
Sobiq jamoalar
Colorado Eagles
Buffalo Sabres
NHLga kirish drafti 34-oʻrindagi tanlov, 2010
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat 2012—hozirgacha

Dalton Smith (talaffuzi: Dalton Smit) (1992-yil 30-iyunda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi. Dalton Smith hozirda Amerika Xokkey Ligasi (AHL) vakili „Colorado Eagles“ xokkey klubi bilan oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dalton Smith toʻrt mavsumni (2008—2012) Ontario Xokkey Ligasi vakili (OHL) „Ottawa 67’s“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Bu yerda Dalton Smith 105 ochko uchun 50 gol va 55 golga assistentlik qildi va 196 oʻyinda 328 ta penalti ishladi.

2011-yil 8-avgustda „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi Dalton Smith bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[1].

2013—2014-yilgi mavsumda „Blue Jackets“ xokkey klubi Dalton Smith va Jonathan Marchessaultlarni „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi aʼzolari Dana Tyrell va Matt Taormina evaziga 2014-yil 5-mart kuni almashtirdi[2].

Shundan soʻng, Dalton Smith „Lehigh Valley Phantoms“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U „Phantoms“ klubi bilan 11 oʻyin oʻtkazdi. „Phantoms“ klubini tark etganidan soʻng, Dalton Smith AHLda „Charlotte Chekers“ xokkey klubining mashgʻulotlarida qatnashdi. Dalton Smith 2016—2017-yilgi mavsum boshlanishiga yaqin „Charlotte“ klubi bilan kechikib bir yillik shartnoma imzoladi[3].

2019—2020-yilgi mavsumda (8-professional mavsumida) 2019-yil 30-dekabrda Dalton Smith NHL klubi „Buffalo Sabers“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[4]. Dalton Smith uzoq kutilgan NHLdagi debyut oʻyinini 2019-yil 31-dekabrda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi[5].

Shartnoma muddati tugagach, Dalton Smith „Sabres“ xokkey klubi bilan shartnoma muddatini uzaytirmadi va erkin agent sifatida klubni tark etdi. 2020-yil 12-oktyabrda Dalton Smith „Americans“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma asosida AHLdagi faoliyatini davom ettirdi[6].

2021-yil 29-iyulda Dalton Smith toʻrt mavsumdan soʻng „Rochester“ klubini tark etdi va AHLning „Colorado Eagles“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi[7].

2022-yil 28-iyunda Dalton Smith „Colorado Eagles“ klubida qolish uchun shartnomani ikki yilga uzaytirishga rozi boʻldi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin soni Gol Assist Ochko Penalti Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti
2008—2009 Whitby Fury OJHL 40 10 13 23 109
2008—2009 Ottawa 67’s OHL 17 2 5 7 8 7 0 0 0 0
2009—2010 Ottawa 67’s OHL 62 21 23 44 129 12 3 3 6 27
2010—2011 Ottawa 67’s OHL 64 12 17 29 124 4 2 2 4 12
2011—2012 Ottawa 67’s OHL 53 15 10 25 67 18 4 4 8 46
2012—2013 Springfield Falcons AHL 67 3 6 9 128 1 0 0 0 12
2013—2014 Springfield Falcons AHL 50 4 5 9 99
2013—2014 Syracuse Crunch AHL 19 2 1 3 51
2014—2015 Syracuse Crunch AHL 62 11 6 17 79 2 0 0 0 4
2015—2016 Providence Bruins AHL 17 1 0 1 24
2015—2016 Lehigh Valley Phantoms AHL 11 1 0 1 25
2016—2017 Florida Everblades ECHL 60 10 13 23 153 11 3 0 3 22
2017—2018 Rochester Americans AHL 45 1 1 2 102
2018—2019 Rochester Americans AHL 48 2 6 8 111 3 0 0 0 2
2019—2020 Rochester Americans AHL 42 1 4 5 63
2019—2020 Buffalo Sabres NHL 1 0 0 0 2
2020—2021 Rochester Americans AHL 22 1 0 1 45
2021—2022 Colorado Eagles AHL 52 5 6 11 59 5 0 0 0 11
NHL 1 0 0 0 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Blue Jackets sign draft pick Smith“. Columbus Blue Jackets (8-avgust 2011-yil). Qaraldi: 8-avgust 2011-yil.
  2. „Lightning shake up Crunch with trades of Tyrell, Taormina“. Syracuse.com (5-mart 2014-yil). Qaraldi: 5-mart 2014-yil.
  3. „Everblades receive three players from Charlotte“. Florida Everblades (9-oktabr 2016-yil). 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2016-yil.
  4. „Sabres sign Smith to one-year, two-way contract“. Buffalo Sabres (30-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2019-yil.
  5. „Sabres waive Dalton Smith for assignment to the AHL“. diebytheblade.com (2-yanvar 2020-yil). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
  6. „Smith signs one-year deal with Amerks“. Rochester Americans (12-oktabr 2020-yil). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2020-yil.
  7. „Colorado signs veteran forward Dalton Smith“. Colorado Eagles (29-iyul 2021-yil). Qaraldi: 30-iyul 2021-yil.
  8. „Colorado welcomes back forward Dalton Smith“. Colorado Eagles (28-iyun 2022-yil). Qaraldi: 28-iyun 2022-yil.