Daktiloskopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Daktiloskopiya (yun. daktylos -barmoq, skopeo — qarayman) — qoʻl barmoqlari uchidagi teri izlariga qarab, shaxsni aniqlash usuli. Bu izlar ariqcha va doʻngalak shaklidagi nozik chiziqlardan iborat boʻlib, yoysimon, sirtmoqli va gajakdor naqshlar hosil qiladi. Ular har bir shaxsda oʻziga xos, boshqalarda qaytarilmaydigan, umrbod oʻzgarmaydigan, zararlansa qayta tiklanadigan xususiyatlarga ega. D.dan bir yarim asrdan buyon deyarli barcha mamlakatlarda jinoyatchilarni roʻyxatga olish va qidirib topish vositasi sifatida foydalaniladi.