Fasihiddin Dadamuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fasihiddin Gʻulomovich Dadamuhamedov (1953.26.5, Toshkent) — zargar, Oʻzbekiston Respublikasi xalq, ustasi (1998). Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1975). Us t a zargar N. Xolmashovdai xunar oʻrgangan. 1985 yildan "Us to" birlashmasida zargar-usta, 2000 yildan xususiy ustaxonasida mehnat qiladi. Dadamuhamedov ijodida milliy zargarlik uslubini tikladi, anʼanalarini uygʻunlashtirdi va rivojlantirdi, shabaka, zigʻirak, qolipaki, bosma usullarida buyumlar yaratdi: zirak, uzuk, bilaguzukdan iborat "Bozband", "Panjara tumor", "Uch koʻza" va b. toʻplamlar, tillaqosh, zebigardon, uzuk, zirak va b. taqinchoqlar; buyumlar bezagida oʻsimliksimon naqshlarni keng qoʻllaydi. D. yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Isroil, Rossiya, Polsha va b.) muzeylari, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil