Kontent qismiga oʻtish

Cyberpunk: Edgerunners

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Cyberpunk: Edgerunners" logotipi

"Cyberpunk: Edgerunners" (yaponcha: サイバーパンク エッジランナーズ) - bu Yapon-Polsha "kiberpunk original net animatsiya" (ONA) mini seriyasi bo'lib, Polshaning CD Project Red studiyasi tomonidan yaratilgan Cyberpunk 2077 video o'yiniga asoslangan.[1] Serial yaponcha Trigger animatsiya studiyasi tomonidan CD Projekt nazorati ostida suratga olingan va 2022-yil sentabr oyida Netflix’da premyera qilingan.[2] Mike Pondsmith tomonidan yaratilgan Cyberpunk olamida yuz bergan voqealarga asoslangan bu anime o'yinning seriyali bo'lib, Cyberpunk 2077 voqealaridan taxminan bir yil oldin sodir bo'ladi.

"Cyberpunk: Edgerunner" animesining qahramonlarning kospleylari

"Cyberpunk: Edgerunners" chiqarilishi bilan tanqidchilarning yuqori bahosiga sazovor bo'ldi, uning qahramonlari, animatsiyasi va dunyo yaratilishi yuqori baholandi.[3] 2022-yil oktabr oyida CD Projekt anime ikkinchi mavsumni olmasligini e'lon qildi va Trigger bilan kelajakdagi loyihalar uchun hamkorlik qilishga ochiq ekanliklarini aytib otdi.[4]

Qisqacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoya sodir bo'ladigon joy[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Cyberpunk: Edgerunners" hikoyasi, katta korrupsiya, kibernetik qaramlik va jinoiy zo'ravonlikdan aziyat chekadigan, Kaliforniya Shtatida joylashgan Night Cityda sodir bo'ladi. Shahar oltita tumanga bo'lingan bo'lib, har birining o'ziga xos yashash talablari mavjud va u bir nechta korporatsiyalar, jumladan Arasaka va uning raqibi Militech tomonidan nazorat qilinadi. Animening hikoyasi asosan Night Cityning eng qadimgi, eng kambag'al va eng sanoatlashgan tumani bo'lgan Santo Domingoda bo'lib, 2076 yilda sodir bo'ladi.

Hikoya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korruptsiya, jinoyat va kibernetik implantlar bilan to'lgan shaharda, hamma narsasini otishmada yo'qotgan iste’dodli Devid Martinez yashash uchun noto'g'ri yo'lni tanlaydi. U "edgerunner" nomi bilan tanilgan yuqori texnologiyali, qora bozor yollanma askari, ya'ni "kiberpunk" bo'lib qoladi.

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (2020-yil 25-iyun). „Netflix, CD Projekt Red, and Studio Trigger Come Together For Global Anime Cyberpunk: Edgerunners“. Press-reliz.
  2. Frederiksen. „Netflix's Cyberpunk: Edgerunners Anime Finally Has A Teaser Trailer and Clip“. GameSpot (2022-yil 8-iyun). 2022-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  3. Peters, Megan. „Cyberpunk: Edgerunners Review Round-Up“. ComicBook (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  4. Chow. „'Cyberpunk Edgerunners' Confirmed as Standalone Project“. Hype Beast (2022-yil 20-oktyabr). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]