Courtney Eaton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Courtney Eaton
Tavalludi 6-yanvar 1996-yil (1996-01-06) (28 yosh)
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi
  • Model
  • Aktrisa
Faoliyat yillari 2014-yildan hozirgi kungacha

Courtney Eaton (talaffuzi: Kortni Eyaton) — avstraliyalik model va aktrisa. U 2019-yilda suratga olingan „Line of Duty“ filmidagi Ava, 2015-yilda suratga olingan „Mad Maks: Fury Road“ filmidagi Cheedo va 2016-yilgi "Gods of Egypt"(Misr xudolari) filmidagi Zaya rollari bilan tanilgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Courtney Eaton Gʻarbiy Avstraliyaning Bunbery shahrida tugʻilib oʻsgan. Uning otasi Stephan Eaton, IT-menejeri boʻlib, kelib chiqishi ingliz. Onasi esa Yangi Zelandiyalik boʻlib, kelib chiqishi xitoyliklarning maori va Cooc orolidan.[1][2]

Eaton Bunbery sobori grammatika maktabida tahsil olgan.[3]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eatonni „Vivienʼs Models“ rahbari Christine Fox oʻn bir yoshida moda boʻyicha bitiruv marosimida koʻrgan. Fox Courtney Eatonning otasining roziligi bilan shartnoma imzoladi va uni oʻn olti yoshida modellikga tayyorladi. Eaton oʻzining modellashtirishni rivojlantirishning bir qismi sifatida Myles Pollard bilan aktyorlik mahorat darsida qatnashdi va Sidneyda „Mad Maks: Fury Road“(2015) filmida rol ijro etdi. U filmdagi Oʻlmas Joning beshta xotinidan biri boʻlgan Cheedo the Fragile rolini oʻynadi.

U "Goods of Egypt"(Misr xudolari")(2016) fantastik filmida Alex Proyas rejisyorligi ostida Gerard Butler va Nikolaj Coster-Waldau bilan birga bosh qahramonlardan biri (Brenton Twaites)ning qul qizi va muhabbati Zaya rolini oʻynagan.[4]

2016-yilning may oyida Eaton Ross Lynch bilan bir qatorda „Status Update“ nomli fantastik-komediya filmda rol oʻynashi maʼlum boʻldi. Bu film keyingi oyda suratga olinishi kerak edi.[5] U Aaron Eckhart bilan birga 2019-yilda chiqqan „Line of Duty“ trillerida rol oʻynagan. Uning keyingi roli 2021-yilda Showtimeʼning „Yellowjackets“ dramasida Lotti rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eaton Los-Anjelesda yashaydi.[6][7][8] U 2015-yildan 2017-yilgacha Ross Lynch bilan oilaviy munosabatda boʻlgan.[8][9][10]

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film va televidenie rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2015 Mad Max: Fury Road Cheedo the Fragile
2016 Gods of Egypt Zaya
2017 Newness Blake Beeson
2018 Status Update Charlotte Alden Toʻgʻridan-toʻgʻri video film
2018 Perfect Sarah
2019 Line of Duty Ava Brooks
2021 Yellowjackets Lottie Matthews Takroriy rol

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bainger, Fleur. „Local teen is going full throttle“. PerthNow (5-avgust 2012-yil). Qaraldi: 1-iyun 2015-yil.
  2. Ongley, Hannah. „One to Watch: Mad Max Star Courtney Eaton Models Swimwear for Tigerlily“. The Fashion Spot (30-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2015-yil.
  3. Leonard, Anne-Maree. „Bunbury Teen Breaks into Hollywood“. Bunbury Mail (8-avgust 2012-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  4. Kit, Borys. „'Fury Road' Actress Lands Female Lead in Summit's 'Gods of Egypt'“. The Hollywood Reporter (12-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  5. Pamela McClintock. „Cannes: Disney Channel Stars Ross Lynch, Olivia Holt Cast in 'Status Update'“ (2-may 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  6. „Mad Max actor Eaton looks up to ʻsister’ Abbey“. The Daily Telegraph (Sydney) (8-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  7. Bevan, Andrew. „Courtney Eaton Mad Max Fury Road Interview“. Teen Vogue (27-may 2015-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
  8. 8,0 8,1 Christmass, Pip. „Bunbury-born model and actress Courtney Eaton taking time out from busy Hollywood career to celebrate WA fashion“. PerthNow (4-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
  9. Bianca M. „Ross Lynch Courtney Eaton Break Up“. Girlfriend (9-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
  10. Colvin, Caroline. „Ross Lynch's Dating History Includes Some Familiar Faces“. Elite Daily (21-fevral 2021-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]