Claudia Jessie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Claudia Jessie
Tavalludi 1989/1990 (age 33–34)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2012-hozirgacha

Claudia Jessie (talaffuzi: Klaudiya Jessi) (1989/1990-yilda tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. U BBC One telekanalida namoyish etilgan „WPC 56“ (2015) drama teleserialining uchinchi seriyasidagi roli va Netflix'ning „Bridgerton“ dramasidagi (2020-yildan hozirgi kungacha) Bridgertonlarning beshinchi farzandi Eloise roli bilan tanilgan. Shuningdek, u „Line of Duty“ (2017), Deyv telekanalida efirga uzatilgan „Porters“ (2017-2019) komediyasida va ITV telekanalida efirga uzatilgan mini-serial „Vanity Fair“ (2018) ning 4-qismida rol ijro etgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jessie Moseley shahrida dunyoga kelgan[1]. Jessiening akasi bor. Claudia Jessie bolaligining bir qismini Londonda oʻtkazgan va 17 yoshida Birmingemga qaytishdan oldin 14 yoshidan boshlab uyda taʼlim olgan. Uning oilasi moliyaviy jihatdan qiynalgan oila edi. Bundan tashqari, uning ota-onasi ajralishgan. Jessiening yolgʻiz onasi Dawn farzandlarini boqish uchun uy tozalovchisi boʻlib ishlagan[2][3].

Jessiening onasi „Challis“ raqs maktabida balet raqsidan ham dars bergan.

Direktori Hannah Phillips Jessieni koʻrib qolgan va uni bir nechta havaskor spektakllarda suratga olgan[4]. Jessie „Susi Earnshaw“ teatr maktabida taʼlim olgan va Birmingem kutubxonasi teatr kompaniyasida bir yil oʻqigan[5]. Jessie keyinchalik 2012-yilda agent bilan shartnoma imzolagan[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jessiening birinchi professional aktyorlik roli 2012-yilda Rosie nomli qisqa metrajli filmda namoyish etilgan[7]. Jessie Anubis uyi epizodida ham paydo boʻldi[8] va Touchstone of Ra telefilmida Sophie Danae rolini ijro etdi. 2017-yilda u BBC One telekanalida efirga uzatilgan Line of Duty serialining toʻrtinchi qismida DC Jodie Taylor va Deyv telekanalida efirga uzatilgan Porters komediyasida Lusy rolini ijro etdi[9][10]. Jessie 2018-yilda Doctor Who serialining Kerblam! epizodida mehmon sifatida ishtirok etgan[11]. 2020-yilda Claudia Jessie Netflix studiyasi tomonidan suratga olingan Bridgerton nomli dramasida Bridgertonlarning beshinchi farzandi Eloise rolini ijro eta boshladi[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jessie 2015-yilda yigiti borligi haqida gapirib oʻtdi[13]. Jessie oʻzini buddist deb hisoblaydi va u vegetarian ekanligini hamda kuniga kamida bir soat meditatsiya bilan shugʻullanishini aytgan[14]. Jessie bolaligidan beri vahima xurujlaridan azob chekishi haqida eslatib oʻtdi[15].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Izoh
2012 Rosie Rosie
2014 Copy That Beth Qisqa metrajli film
2016 Their Finest Doris Cleavely / Lily
E′lon qilinadi Night and Day Freya Qisqa metrajli film

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil Turkum Nomzod qilingan ish Natija Havola
Screen Actors Guild Awards 2021 Drama serialidagi ansamblning ajoyib chiqishi Bridgerton Nominatsiya [16]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Basham, Megan. „Vanity Fair's Claudia Jessie: I never want anything to do with that corset again“. Belfasttelegraph. 2019-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  2. Gibb, Bill (2 September 2018). "My success is down to the dedication of amazing mum, says Vanity Fair star Claudia Jessie". The Sunday Post. Archived from the original on 8 January 2021. https://web.archive.org/web/20210108105719/https://www.sundaypost.com/fp/my-success-is-down-to-the-dedication-of-amazing-mum-says-vanity-fair-star-claudia-jessie/. Qaraldi: 26 December 2020. Claudia Jessie]]
  3. Gibb. „Actress Claudia Jessie will savour her biggest acting moment tonight as she stars in ITV's latest period blockbuster Vanity Fair.“. sundaypost.com. DC Thomson Publishing – The Sunday Post. 2019-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
  4. "Vanity Fair's Claudia Jessie: 'Buddhism has helped me to go for what I want'". You. 26 August 2018. Archived from the original on 25 December 2020. https://web.archive.org/web/20201225113800/https://www.you.co.uk/claudia-jessie-interview-2018/. Qaraldi: 26 December 2020. Claudia Jessie]]
  5. „Claudia Jessie“. Spotlight. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  6. Laws. „Birmingham actress Claudia Jessie is the new WPC 56 in 1950s police drama“. Reach (2014-yil 14-noyabr). 2018-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  7. Laws. „Meet the Brummie actress at the heart of BBC1's Line of Duty“. Reach (2017-yil 9-aprel). 2019-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-sentyabr.
  8. „Nickelodeon announces House of Anubis special, Touchstone of Ra“. vimn.com. Viacom Paramount Media. 2019-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
  9. "Porters: Claudia Jessie Interview". British Comedy Guide. 18 September 2017. Archived from the original on 11 January 2021. https://web.archive.org/web/20210111234015/https://www.comedy.co.uk/tv/porters/interview/claudia_jessie_is_lucy/. Qaraldi: 10 January 2021. Claudia Jessie]]
  10. „Chasing the wind“. world.wng.org. WORLD News Group. 2019-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
  11. Potts. „Doctor Who: 'Kerblam!' – Who is Claudia Jessie?“. blgtorwho.com. DT Forum Ltd (2018-yil 18-noyabr). 2019-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
  12. "The 'Bridgerton' Cast Questionnaire: Claudia Jessie Elaborates on Eloise Bridgerton". Shondaland. 25 December 2020. Archived from the original on 27 December 2020. https://web.archive.org/web/20201227103612/https://www.shondaland.com/inspire/a34908690/the-bridgerton-cast-questionnaire-claudia-jessie-elaborates-on-eloise-bridgerton/. Qaraldi: 26 December 2020. Claudia Jessie]]
  13. „Everything you need to know about Claudia Jessie – the new woman on the beat in WPC 56“. BBC (2015-yil 9-mart). 2021-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
  14. Studarus. „Claudia Jessie on Buddhism, Yoga, and The Art of Looking Out Windows“. Shondaland (2021-yil 14-yanvar). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  15. Basham, Megan. „Vanity Fair's Claudia Jessie: I never want anything to do with that corset again“. 2019-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  16. Oganesyan. „2021 SAG Awards: The Complete Nominations List“. Variety (2021-yil 4-fevral). 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.