Clara Schumann
Clara Schumann | |
---|---|
1939-yil | |
Tavalludi |
Clara Josephine Wieck 13-sentyabr 1819-yil |
Vafoti |
20-may 1896-yil (76 yoshda) Frankfurtmayn |
Fuqaroligi | Kingdom of Saxony |
Kasbi |
Pianinochi Bastakor Pianino oʻqituvchisi |
Turmush oʻrtogʻi | Robert Schumann |
Otasi | Friedrich Wieck |
Onasi | Mariane Bargiel |
Imzosi | |
Clara Josephine Schumann (1819-yil 13-sentyabr – 1896-yil 20-may) – nemis pianinochisi, bastakori va pianino oʻqituvchisi.
U Leypsigda ulgʻaygan. Otasi Friedrich Wieck va onasi Mariane ham pianinochilar, ham pianino oʻqituvchilari boʻlgan. Bundan tashqari, onasi xonanda ham edi. Klara isteʼdodli bola boʻlib, otasidan taʼlim olgan. U oʻn bir yoshidan boshlab konsert safarlari qila boshlagan va Parij, Vena kabi shaharlarda muvaffaqiyat qozongan. 1840-yil 12-sentyabrda bastakor Robert Schumann bilan turmush qurgan va ular sakkiz farzandli boʻlishgan. Ular birgalikda Brams Iogannesni qoʻllab quvvatlagan va u bilan yaqin munosabatlarni saqlab qolgan. U eri va Bramsning koʻplab asarlarining ommaviy premyeralarini oʻtkazgan.
Robert Schumann vafotidan soʻng, Clara yillar davomida Yevropada kontsert safarlarini davom ettirdi. Koʻpincha skripkachi Joseph Joachim va boshqa musiqachilari bilan birgalikda chiqishlar qildi. 1878-yildan boshlab u Frankfurtdagi „Hoch Conservatory“ oliygohida nufuzli Fortepiano ustoziga aylandi va bu yerga xalqaro talabalarni jalb etdi. Clara turmush oʻrtogʻinining asarlarini nashrga tayyorlash va tahrir qilish bilan shugʻullandi. Schuman Frankfurtda vafot etdi, biroq Bonn shahrida eri yoniga dafn etildi.
Shumanning hayotiga bagʻishlangan bir nechta filmlar yaratilgan boʻlib, ularning eng birinchisi 1944-yildagi „Träumerei“ („Orzu“) filmidir. 2008-yilda Helma Sanders-Brahms tomonidan „Geliebte Clara“ („Sevimli Clara“) nomli film suratga olingan. Andreas Staubning 1835-yilgi toshbosmasida tasvirlangan Klara Shumannning surati 1989-yildan 2002-yilgacha 100 Deutsche Mark banknotida aks ettirilgan. Uning musiqiy asarlariga qiziqish XX asr oxirida qayta uygʻona boshladi va 2019-yilda nishonlangan tugʻilgan kunining 200 yilligi munosabati bilan yangi kitoblar va koʻrgazmalar tashkil etildi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Clara Josephine Wieck 1819-yil 13-sentabrda Leypsigda tugʻilgan. Uning otasi Friedrich Wieck va onasi Mariane[1]. Uning onasi Leypsigda mashhur qoʻshiqchi boʻlib, Gewandhausda haftalik pianino va soprano yakka chiqishlarini ijro etgan[2][3]. Ota onasi 1825-yilda ajrashishdi, Mariane keyinchalik turmushga chiqdi. Besh yoshli Klara otasi bilan yashagan[2][3][4].
1840-yil 12-sentyabrda bastakor Robert Schumann bilan turmush qurdi. Klara va Robert Shumanning sakkiz farzandi bor edi:[5]
- Marie (1841–1929)
- Elise (1843–1928)
- Julie (1845–1872)
- Emil (1846–1847)
- Ludwig (1848–1899)
- Ferdinand (1849–1891)
- Eugenie (1851–1938)
- Felix (1854–1879).
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klara Shumann 1896-yil 26-martda insult oqibatida kasallanib, 20-may kuni 76 yoshida vafot etdi[6][7][8]. U oʻz xohishiga koʻra Bonndagi Alter Friedhof qabristonida erining yoniga dafn etildi[8].
Vikiomborda Clara Schumann haqida turkum mavjud |
Vikiiqtibosda Clara Schumannga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Haisler 2003.
- ↑ 2,0 2,1 Reich Book 2001, ss. 5, 13.
- ↑ 3,0 3,1 Borchard 1991, s. 27.
- ↑ Nauhaus Bargiel 2019.
- ↑ Reich Book 2001, ss. 162–77.
- ↑ Klassen 2011.
- ↑ Riebsamen 2019.
- ↑ 8,0 8,1 Allihn 2019.