Suymonqul Chokmorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chokmorov Suymonquldan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Suymonqul Chokmorov (1939.9.11, Qirgʻiziston, Jontosh q. — 1992, Bishkek) — qirgʻiz aktyori, rej. Xalq artisti (1981). Bishkek badiiy bilim yurtini (1958) va Leningrad tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik va meʼmorlik intini (1964) tugatgan. 1969 i. "Qarash dovonidagi oʻq" filmidagi Baxtigul roli bilan kinodagi faoliyatini boshlagan. Doniyor ("Jamila"), Qorabolta ("Issiqkoʻl qizgʻaldoqlari"), temirchi Utur ("Olovga qulluq qil"), Maqsumov ("Yettinchi oʻq", "Oʻzbekfilm"), Boytemir ("Men — Tyanshan"), Axangul ("Vaxshiy"), Temur ("Qizil olma"), Jonbov ("Dersu Uzala"), Lao ("Ferdinand Lyus hayoti va oʻlimi"), Ozod Bayramov ("Oʻlan", 1978), Qosim ("Ayolsiz erkaklar") va boshqa obrazlar Ch. ijodida alohida oʻrin tutadi. Toxtagʻul nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureata (1980).