Chloe Bridges

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chloe Bridges
Tavalludi
Chloe Marisa Suazo Bridges

27-dekabr 1991-yil (1991-12-27) (32 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2005–hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
Adam DeVine (turm. 2021)

Chloe Marisa Suazo Bridges, (1991-yil 27-dekabrda tugʻilgan),[1][2] -professional aktrisa sifatida Chloe Bridges nomi bilan tanilgan, amerikalik aktrisa. U Freddie (2005—2006) sitkomidagi Zoi Moreno roli va Disney Channelning „Camp Rok 2: Final Jam“ (2010)filmidagi Dana Tyorner rollari bilan tanilgan. U “ Forget me not (2009), “ Family Weekend” (2013), “ Mantervention” (2014), "The Final Girls” (2015) va “Nigthtlight” (2015) filmlarida suratga tushgan. U, shuningdek, The Carie Diaries filmida Donna LaDonna, „ Pretty Little Lairs“ filmida Sidney va „Daytime Divas“ filmida Kibbi rollarini ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yildan 2006-yilgacha Bridges ABC Freddie sitkomida Zoi Moreno rolini ijro etgan. 2006-yilda u Jorj Lopesning epizodidagi qahramon sifatida mehmon sifatida ishtirok etdi. U Adelphia va AT&T uchun reklama roliklarida suratga tushgan.

Bridges dastlab „ Camp Rock“ filmidagi Mitchie Torres roli uchun kastingda qatnashgan, natijada rol Demi Lovatoga nasib etgan.[3] U, shuningdek, 2009-yilda " Legally Blondes „ va “Forget Me Not" filmlarida suratga tushgan. U 2010-yilda Disney kanalida namoyish etilgan "Camp Rok 2: The Final Jam" serialida Dana Tyorner rolini oldi. 2012-yil mart oyida Bridges 2013-yildan 2014-yilgacha ikki fasli efirga uzatilgan The Carrie Diaries nomli The CWningSex and The City“ountain

https://fountain.toolforge.org/editathons/wiki-stipendiya-marafonir „ prekvelida Donna LaDonna rolini ijro etdi.[4][5]

Bridges “The Final Girls” (2015) qoʻrqinchli komediya filmida Paulaning yordamchi rolini oʻynagan[6] va “ Nightlight ” (2015) gʻayritabiiy triller filmida Niya rolini oʻynagan.[7] Skott Bek va Brayan Vuds tomonidan suratga olingan film 2015-yil 27-martda chiqdi[8] 2016-yil avgust oyida Bridges 2017-yil 5-iyun kuni premyerasi boʻlgan VH1 ning “ Duntime Divas ” ssenariy dramasi[9][10][11] sobiq bolalar yulduzi va tuzalib ketayotgan giyohvand Kibbi rolini oʻynadi.

2018-yilda Bridges Amerikaning “Insatiable” qora komediya teleserialida Roksi Baklining takrorlanuvchi rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda “The Final Girls” filmi toʻplamida uchrashgandan soʻng, Bridges 2015-yil fevral oyida Adam DeVin bilan uchrashishni boshladi.[12] 2019-yil oktyabr oyida er-xotin unashtirilganliklarini eʼlon qilishdi.[13] Er-xotin 2021-yil 9-oktyabrda turmush qurishdi[1][14]

Bridges 2020-yilda Kolumbiya universitetini siyosiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.[15][16]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Bridges. „The big day ✨10.9.21✨“. Instagram (15-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
  2. Bridges. „This girl turned 30 years old today“. Instagram (27-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 22-aprel 2022-yil.
  3. Wieselman. „Chloe Bridges: 'Coin Flip' was the secret title for 'Camp Rock 2'“. New York Post (3-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
  4. Andreeva. „Pilots 'Revolution', 'Baby Big Shot' & 'Carrie Diaries' Add Regulars“. Deadline.com (14-mart 2012-yil). Qaraldi: 30-iyun 2012-yil.
  5. Hibberd. „'Carrie Diaries' gets CW premiere date“. Entertainment Weekly (8-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 10-mart 2015-yil.
  6. „Adam DeVine Dating Pretty Little Liars' Chloe Bridges: Details“. Yahoo!. 19-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  7. „Nightlight Stills“. Dread Central (26-mart 2015-yil).
  8. Wieselman. „Fear in the dark in "Nightlight"“. Fangoria (3-sentabr 2010-yil). 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
  9. Petski. „VH1's Star Jones Drama Series Sets Cast; Chris Alberghini & Mike Chessler To Showrun“. Deadline.com (22-avgust 2016-yil). Qaraldi: 19-iyul 2017-yil.
  10. Fienberg. „'Daytime Divas': TV Review“. The Hollywood Reporter (2-iyun 2017-yil). Qaraldi: 19-iyul 2017-yil.
  11. Bellino. „Watch the First 8 Minutes of VH1's New Scripted Series Daytime Divas. VH1 (29-may 2017-yil). Qaraldi: 19-iyul 2017-yil.
  12. Webber. „Adam DeVine Dating Pretty Little Liars' Chloe Bridges!“. Us Weekly (17-fevral 2015-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  13. Fernandez. „Adam DeVine is engaged to actress Chloe Bridges! 'Have fun planning the wedding,' he jokes“. Entertainment Weekly (24-oktabr 2019-yil). 5-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  14. „Pitch Perfect Star Adam Devine Marries Actress Chloe Bridges“. People. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
  15. „GS student Chloe Bridges talks 'Pretty Little Liars,' college life“. Columbia Daily Spectator. Qaraldi: 22-iyun 2020-yil.
  16. „Chloe Bridges Has At-Home Graduation Ceremony With Fiance Adam Devine“ (inglizcha). Us Weekly (18-may 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2020-yil.