Vasiliy Chirkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chirkin Vasiliy Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)

Vasiliy Aleksandrovich Chirkin (1884.12.8, Yekaterinburg 1940.10.6, Toshkent) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1936). Moskva filarmoniyasining drama sinfini tugatgan (1910). 1910—12 yillar Moskva Kichik teatrida, 1917—23 yillar Moskva Harbiy teatrida, 1924—34 yillar IvanovoVoznesensk, Kursk, Bryansk, Boku, Sverdlovsk, Qozon teatrlarida ishlagan. 1934-yil Toshkentga kelib, Rus teatri (hozirgi Oʻzbekiston rus akademik drama teatri) tashkilotchilaridan va birinchi badiiy rahbari boʻlgan. "Intervensiya" (L. Slavin), "Aristokratlar" (Nikolay Pogodin), "Tubanlikda" (Maksim Gorkiy), "Telba kun, yoki Figaroning uylanishi" (Per Bomarshe), "Otello" (Uilyam Shekspir), "Momaqaldiroq" (Aleksandr Ostrovskiy), "Vanyushin bolalari" (S. Naydyonov), "Pyotr I" (Aleksey Tolstoy), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Hamlet" (Uilyam Shekspir, Mannon Uygʻur bilan hamkorlikda) kabi spektakllarga rejissyorlik qilgan. Yuqori ideallarga ishontirishga harakat qilish, hayot haqiqatining yorqin teatr shakllari bilan uygʻunlashib ketishi, spektakllarga Vaxtangov uslubini singdirishga urinish Ch. rejissurasiga xos.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil