Chertyonok № 13

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

13-raqamli shaytoncha — 1982-yil rejissor Natan Lerner tomonidan kichkina shaytonchaning sarguzashtlari haqida sovet qoʻgʻirchoq multfilmi. Bundan bir yil avval chiqqan „Ostin-ustun“ multfilmining davomi.

80-yillarning boshidan Lerner qoʻgʻirchoq filmlariga qiziqa boshladi. Plastik va ijro timsoli uchun juda qiyin boʻlgan bunday kinoda u sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Lernerning bu yillardagi eng yaxshi filmi, ehtimol, „13-raqamli shaytoncha“ hatto kattalar sevib tomosha qiladigan bolalar filmlaridan biridir. Ajib va mehribon boʻlgan, rasvo ishlarni qilishni oʻzi istamagan va hatto qila olmaydigan bu shaytoncha har qanday yoshdagi tomoshabinni qalbdan kuldira oldi.


— Kinoshunos Nataliya Venjer rejissor Natan Lernerning ijodi haqidagi maqolasida[1].

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Multfilm „Film mualliflari tomoshabinni shaytonlar tomonidan qabul qilingan maktab oʻquv dasturiga mutlaqo rozi emasliklari haqida ogohlantiradi“ degan „ogohlantirish“ bilan boshlanadi.

Shaytonlar maktabida dars mavzusi „Sevgi“. Shaytonlardagi sevgi odamlardagi kabi emas. Shaytonlarning muhabbati — bu toʻliq oʻziga boʻlgan muhabbat, yuz foiz boshqalarga tupurishdir. Shayton kimni sevishi kerak degan savolga 13-raqamli shaytonchaning oʻziga xos javobi bor, bu hech qanday tarzda maktab oʻquv dasturining „Oʻzingni sev, oʻzgaga tupur, shunda hayotinga yetmagay putur“ degan tamoyiliga mos kelmaydi.

Suratga olish guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boris Larin ssenariysi;
  • Rejissor — Natan Lerner;
  • Postanovkachi rassomlar: Yuriy Isaikin, Elena Zelenina;
  • Operator — Lev Revtov;
  • Bastakor — Mixail Meerovich;
  • Ovoz operatori — Nelli Kudrina;
  • Rollarni ovozlashtirganlar:
Tatyana Zaxava — 13-chi;
Svetlana Travkina — Yangi qiz;
Vladimir Basov — oʻqituvchi;
Svetlana Xarlap — 44-chi;
  • Multiplikator rassomlar: Olga Anashkina, Lyudmila Afrina;
  • Qoʻgʻirchoqlarni yasaganlar: Gennadiy Bogachev, A. Degtyarev, Anatoliy Kuznetsov, A. Nozdrin, Nina Panteleeva, Margarita Bogatskaya;
  • Montajchi — Lyudmila Kopteva;
  • Muharrir — Alisa Feodoridi;
  • Direktor — Igor Gelashvili.

Video boʻyicha nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyada 1990-yillarning oʻrtalariga qadar Studio PRO Video ushbu multfilmni VHS -da eng yaxshi sovet multfilmlari toʻplamida chiqardi. 1996-yilda multfilm Videovostok tomonidan VHS-da chiqarildi.

2000-yilda „Master Teyp“ „Soyuz Video“ bilan birgalikda Gosteleradiofond koʻmagida „Bolalar kinosi: Fyodor amaki, it va mushuk“ multfilmlarining butun seriyasi uchun Betacam SP master kassetasidan litsenziyalangan VHS nusxalarini taqdim etdi. Barcha litsenziyalangan VHS lar Hi-Fi Stereo ovoz bilan va PAL tizimida ishlab chiqarilgan.

2002-yildan beri u „Twic Lyrec“ tomonidan DVD-da „13-raqamli shaytoncha“ va Mitti Yenot toʻplamlarida chiqarildi. Shuningdek, „13 hikoya“ toʻplamida DVD diskida chiqarilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]