Chatirkoʻl
Qiyofa
Chatirkoʻl — Kirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi kul. Markaziy Tyanshanda. Shim.da Otboshi va jan.da Toʻrugʻarttov togʻlari orasida, 3530 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Maydoni 175 km², uz. 23,5 km, eng keng joyi 12 km. Koʻl sayoz, oʻrtacha chuq. 3,8 m (eng chuqur joyi 22 m). Chatirkoʻlga atrofidagi togʻlardan bir qancha soy va jilgʻalar oqib tushadi, undan suv oqib chiqmaydi. Iyun — iyul oylarida suv sathi ancha koʻtariladi, yanvarfevralda pasayadi. Suvi chuchuk, sharkiy qismida bir oz shoʻr. Noyabrdan aprelgacha muz bilan qoplanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |