Charmgaron koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charmgaron koʻchasi — tarixiy nom. Charmgaron — „charm tayyorlovchilar“. Aholisi poyafzal uchun poshna, charm pul xaltachalari (sanoch), sandiq ustiga qoplanadigan charm (yaxdon) tayyorlash bilan shugʻullangan[1]. Guzar oʻz masjidiga esa boʻlgan. Nomi 1863-yilga oid vaqfnomada qayd etilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.