Charlie Brown

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charlie Brown (inglizcha: Charles «Charlie» Brown) — Charlz Shults tomonidan yaratilgan Peanuts komikslari seriyasining asosiy qahramonlaridan biri va birinchi marta 1950-yil 2-oktyabrda komiksda paydo bo‘lgan. U Salli Braunning katta akasi, uni juda yaxshi ko‘radi. Charli Braun[1] cheksiz qatʼiyat va umidga ega[2], lekin doimo omadsizlikka uchraydigan[3] yoqimtoy omadsiz sifatida tasvirlangan edi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charlie Brown — 1950-yil 2-oktyabrda komiksning birinchi sonida paydo bo‘lgan Peanuts qahramoni. O‘sha paytdagi Shults chizmalaridagi baʼzi uslubiy farqlardan tashqari, Charlie Brown birinchi komiksdan beri tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmagan. Biroq, u dastlab bir xil rangli futbolka kiygan; zigzag chizig‘i 1950-yil 21-dekabrda komiksga ko‘proq rang qo‘shish uchun qo‘shilgan. 1950-yil 3-noyabrda[4] dastlabki komiksda Charlie Brown u „atigi to‘rt yoshda“ ekanligini aytdi, ammo komiksning keyingi 20-yilida u katta bo‘ldi; 1957-yil 17-noyabrda u 6-yoshda, 1979-yil 11-iyulda esa „sakkiz yarim yosh“ edi. Keyingi yillarda Charli Braun taxminan 8 yoshda ekanligi qayta-qayta taʼkidlangan[5].

Dastlab, Charlie Brown keyingi komikslarga qaraganda ancha sho‘x va quvnoq edi. U do‘stlari va kattalari bilan hazillashar edi va Petti va Vayolet bilan munosabatlarida romantik ohanglar bor edi.

Charlie Brown tez orada o‘zi mashhur bo‘lgan omadsiz qahramonga aylandi. Komiksdagi ko‘plab hikoyalar uning hamma narsani yo‘qotganida ham o‘jarlik bilan taslim bo‘lmaslikka (masalan, kuchli yomg‘ir yog‘ganda sevimli o‘yinini to‘xtatib qo‘yib, beysbol maydonini tark etishni istamasligi) yoki u bilan shu payt sodir bo‘lgan biror yomon holatda xammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilishiga asoslangan. Charlie Brown hech qachon valentin yoki Rojdestvo otkritkalarini olmaydi va Xellouinda unga konfet o‘rniga toshlar berishadi.

Tasvirning taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Apollon 10 astronavtlari buyruq moduli uchun „Charlie Brown“ chaqiruv belgisini tanladilar[6].
  • Coldplay guruhining „Charlie Brown“ qo‘shig‘i. Dastlab, qahramon bilan bog‘liq satrlarga ega edi, ammo ular yakuniy versiyada olib tashlandi. Shunga qaramay, ism o‘zgarmadi, chunki ijrochilar boshqasini topa olishmadi.
  • „Billni o‘ldirish“ filmida (5-epizod: „Moviy barglar uyidagi o‘zaro kelishmovchilik“) O-Renning tansoqchilaridan biri Ishii Mikki restorandagi kechki ovqat sahnasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiant Charli Braunga o‘xshab ko‘rinishini taʼkidlagan, shundan so‘ng butun ulfatlar, jumladan, restoran egasi ham buni tasdiqlaydi va uni Charlie Brown deb atay boshlaydi.
  • „Simpsonlar“ multserialining 24-fasli, 6-qismida Mo Gomerga unda Charli Braun kabi bunday yuz ifodasi va mimikasini hech qachon ko‘rmaganligini aytadi. Gomerning sochlari bu vaqtda Charlie Brownning sochlariga o‘xshaydi.
  • „Sirg‘aluvchilar“ 3-mavsumining 12-qismi — „Rojdestvo bilan tabriklash“ da Kuin Mellori yomon archaga qaramaydigan Charlie Brown haqida gapiradi.
  • „Sening apreldagi yolg‘oning“ anime seriyasida Kaori Miyadzono Charli Braundan tez-tez taʼkidlaydi.
  • Deltarune o‘yinning ikkinchi bobida, Ralzey unga o‘xshab raqsga tushadi.
  • Charlie Brown nemis power metal guruhi Helloweenning Keeper Of The Seven Keys Part 1 ikkinchi studiyaviy albomidan „Halloween“ qo‘shig‘i matnida eslatib o‘tilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lee Mendelson, Charlie Brown & Charlie Schulz, World Publishing Company; 1970. The dust jacket describes the book as „The warmhearted biography of a wonderful man (real) and a wonderful boy (almost-as-real) who proved that being a loser could be the biggest success story of all.“
  2. Furness, Adrienne „Peanuts“ (deadlink). St. James Encyclopedia of Pop Culture, BNET. CNET Networks, Inc (2008). 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-mart.
  3. The World Encyclopedia of Comics edited by Maurice Horn, ISBN 0791048543, ISBN 978-0791048542
  4. „Peanuts Cartoon 21 December 1950“ (image) (deadlink) (1950-yil 21-dekabr). 2010-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-aprel.
  5. Bang, Derrick „Frequently Asked Questions (FAQs) about Charles Schulz and his Peanuts cartoon strip“ (text). Peanuts Collectors Club (2006-yil 12-noyabr). 2012-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 29-dekabr.
  6. „The Apollo 10 Command Module“ (en) (deadlink). A Field Guide to American Spacecraft. 2008-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]