Cervelle de canut taomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Liondagi esdalik plaketi taomni ixtiro qilgan Pol Lakombga bagʻishlangan

Toʻquvchining miyalarlari (fr.Cervelle de canut), shuningdek, „claqueret“ (fr. qarsak chalish, urish) — tvorogdan tayyorlanuvchi Lion oshxonasining taomi.

Yaratilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomning zamonaviy retsepti Liondagi Léon restoranining oshpazi Pol Lakombga tegishli[1]. Restoran 1904-yilda ochilgan va 1930-yillarning oʻrtalarida juda mashhur boʻlgan[2].

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomning nomi 1834-yilda Lion toʻquvchilarining iyul monarxiyasiga qarshi qoʻzgʻoloni bilan bogʻliq degan farazlar mavjud. Shunday qilib, burjuaziya Lion proletariatining aqliy qobiliyatlari shu tariqa namoyish qilishgan, ohir-oqibat qoʻzgʻalon kuch bilan bostirilgan[3].

Zamonaviy tadqiqotlarga koʻra[4], ipakni qayta ishlab, kam maosh oladigan toʻquvchilar uchun bu taom, ular sotib olishiga qurbi yetmaydigan qoʻzichoq miyasinining oʻrnini bosgan[5].

Taom toʻquvchining ratsionida doim boʻlgan. „Claqueret“ nomi tvorog pishirishdan oldin uni yaxshilab ezib olish kerakligidan kelib chiqqan.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Toʻquvchining miyalari" asosiy ingredient tvorogga oʻtlar, piyoz, tuz, zaytun moyi va sirka (yoki sharob) qoʻshilishi bilan tayyorlanadi[6]. Lionda idish chuqur likopda qoshiq bilan, javdar noni (koʻpincha qovurilgan), baʼzan qaynatilgan yangi kartoshka, rukkololi salat bilan dasturxonga tortiladi. Lion restoranlarining menyusida Cervelle de canut pishloqlar/ desertlar boʻlimida joylashgan. Bu taom bilan oq musallas, ayniqsa Shardone navini ichish tavsiya etiladi[7].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Association fromages de terroirs sur le site fromages-de-terroirs.com.
  2. „Rue Pléney sur le site ruesdelyon.wysiup.net“ (deadlink). 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral. (Wayback Machine saytida 2012-10-06 sanasida arxivlangan)
  3. C’est nous les canuts, Exposition de la ville de Lyon, 28 mars-26 mai 1984 (Wayback Machine saytida 2007-10-24 sanasida arxivlangan).
  4. La cervelle de canut ou claqueret sur le site apartes-uchroniques.org.
  5. Colette Guillemard, Christian Millau et Roland Sabatier, Les mots de la cuisine et de la table, éd. Belin, Paris, 1990, p. 97.
  6. Edward Behr et James Macguire, The Art of Eating Cookbook : Essential Recipes from the First 25 Years, 2011, p. 84. en ligne.
  7. Michel Vidoudez, La cuisine des sens, 2003.