Cene Prevc

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cene Prevc

Prevc 2016-yilgi musobaqalarda
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Sloveniya
Tavallud sanasi 12-mart 1996-yil (1996-03-12) (28 yosh)
Kranj, Sloveniya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Cene Prevc — (1996-yil 12-martda tugʻilgan) nafaqadagi sloveniyalik chang'ida sakrash sportchisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 18-fevralida Prevc 261,0 metr masofa bilan 2013-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida (EYOF) yakkalik musobaqada gʻolib chiqqan[1]. Bu gʻalaba bilan Cene 2009-yilda EYOF yakkalik musobaqasida gʻolib chiqqan akasiga havas qilib, akasi Piterning yoʻlidan borgan[2]. U 2013—2014-yilgi mavsumda Sloveniya sharafini himoya qilib Planikada jahon chempionatida debyut qilgan.

2022-yilda oʻqishga eʼtibor qaratish uchun changʻida sakrash boʻyicha faoliyatini yakunlagan[3]. Lekin sportni toʻliq yakunlamagan. Hozirgi vaqtda mavsumiy musobaqalarga tomosha qilish uchun tashrif buyurib turadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prevc Kranjda Božidar va Julijana Prevc oilasida tugʻilgan; oila Dolenja Vas qishlogʻida yashab kelgan. Uning ikki akasi va ikki opasi bor[4][5]. Uning ukalari Piter va Domen va opalaridan biri Nika ham XCHF changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogi boʻyicha sportchilar hisoblanadi[4]. Mebel biznesiga ega boʻlgan otasi, shuningdek, changʻidan sakrash boʻyicha xalqaro hakam onasidan iborat olaga ega[6].

Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

XCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatida bir necha yillik urinisharga qaramay umumiy reytingini koʻtara olmagan. Aosan shohsuppaga yaqin pogʻonalar bilan cheklanib qolgan. Bulardan eng yuqorisi 2013—2014-yilgi musobaqalarda umumiy 70 bal bilan toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarilishi misol boʻla oladi. Asosan Yakkalik bahslarda faol ishtirok etgan, lekin jamoaviy musobaqalarda medalli pogʻonalarga koʻtarilgan.

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Umumiy natijalar 4H SF RA W6 T5 P7
2012—2013-yil Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2013—2014-yil 70 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2014—2015-yil 59 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2015—2016-yil Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2016—2017-yil 40 24 41 Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2017—2018-yil Yoʻq 54
2019—2020-yil 33 45 21 Yoʻq
2020—2021-yil 38 26 27 Yoʻq Yoʻq 46
2021—2022-yil 10 40 21 4 Yoʻq Yoʻq 25

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „European Youth Olympic Festival Rasnov (ROU)“. fis-ski.com. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  2. „EYOF 2013: Cene Prevc holt Einzel-Gold“ (olmoncha). Skispringen News (18-fevral 2013-yil). 2013-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2013-yil.
  3. „Cene Prevc dal študiju prednost pred skoki“ (slovencha). RTV Slovenija (4-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „Mama Petra Prevca: Strah me je! A ne na zaletišču, nekje drugje“ (slovencha). Ekipa24. Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  5. Kastelic, Peter. „Najmlajši od bratov Prevc: O skokih se doma redko pogovarjamo“ (slovencha). Siol (2-fevral 2015-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  6. Lopatič, Jaka. „Oče Petra Prevca bo v Oslu pod dodatnim drobnogledom“ (slovencha). Siol (20-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.