Carl Corazzini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Carl Corazzini
Tugʻilgan joyi 21-aprel 1979-yil (1979-04-21) (44 yosh)
Framingham, Massachusetts, AQSH
Boʻyi 5 ft 9 in (175 cm)
Ogʻirligi 176 lb (80 kg; 12 st 8 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Boston Bruins
Chicago Blackhawks
Jamoalardagi faoliyat 2001—2011

Carl Robert Corazzini (talaffuzi: Karl Robert Korazzini) (1979-yil 21-aprelda tugʻilgan) — 2001 va 2011-yillar oraligʻida Milliy xokkey ligasi, Amerika xokkey ligasi, ECHL va Shvetsiya va Germaniyadagi xokkey klublarida oʻynagan amerikalik sobiq professional xokkeychi. Carl Corazzini NHLda „Boston Bruins“ va „Chicago Blackhawks“ xokkey klublari safida bilan 19 ta oʻyin oʻtkazdi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Carl Corazzini 1993-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Boston Braves“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Oʻrta maktabda Carl Corazzini Massachusetts shtatining Needham shahridagi Saint Sebastian maktabidagi xokkey jamoasida oʻynagan. Kollejda u Boston universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib borgan.

2001-yil 8-avgustda Carl Corazzini „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi[2]. Carl Corazzini birinchi NHL golini „Boston Bruins“ xokkey klubi safida „New York Rangers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi[3]. 2006-yil 16-iyulda Corazzini „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4]. 2007—2008-yilgi mavsum oldidan Carl Corazzini „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[5].

2007—2008-yilgi mavsumda „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safida harakat qilganidan soʻng, Corazzini 2008-yil 15-iyulda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[6].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carl Corazzini hozirda ISL ligasi Eberhart divizionidagi St. Mark maktabida bosh murabbiy sifatida faoliyatr olib bormoqda[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1996—1997 Saint Sebastianʼs School HS-MA 25 29 31 60
1997—1998 Boston University HE 37 9 6 15 4
1998—1999 Boston University HE 37 15 9 24 12
1999—2000 Boston University HE 42 22 20 42 44
2000—2001 Boston University HE 35 16 20 36 48
2001—2002 Providence Bruins AHL 61 7 8 15 10
2002—2003 Providence Bruins AHL 33 7 6 13 4 4 0 0 0 0
2002—2003 Atlantic City Boardwalk Bullies ECHL 27 13 8 21 14
2003—2004 Boston Bruins NHL 12 2 0 2 0
2003—2004 Providence Bruins AHL 62 16 9 25 6 2 1 0 1 2
2004—2005 Providence Bruins AHL 8 0 0 0 0
2004—2005 Hershey Bears AHL 52 10 13 23 6
2005—2006 Norfolk Admirals AHL 75 26 29 55 16 4 2 2 4 0
2006—2007 Chicago Blackhawks NHL 7 0 1 1 2
2006—2007 Norfolk Admirals AHL 68 28 29 57 18 6 4 1 5 2
2007—2008 Grand Rapids Griffins AHL 80 24 36 60 14
2008—2009 Springfield Falcons AHL 55 7 12 19 18
2008—2009 Peoria Rivermen AHL 25 4 9 13 4 7 2 0 2 6
2009—2010 Pelicans FIN 5 0 1 1 0
2009—2010 Västerås IK SWE-2 8 1 0 1 2
2009—2010 ERC Ingolstadt DEL 15 5 5 10 2 10 3 1 4 0
2010—2011 Straubing Tigers DEL 50 10 19 29 35
AHL jami 519 129 151 280 96 23 9 3 12 10
NHL jami 19 2 1 3 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral.
  2. „Former Terrier Captain Carl Corazzini Signs With Bruins“. goterriers.com (2001-yil 8-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  3. Megliola, Lenny. „Corazzini returns home as Weston hockey coach“. boston.com (2011-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  4. „Blackhawks Sign Corazzini, Koci and Hendry“. NHL.com (2006-yil 17-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  5. Hahn. „Ellis re-signs; Wings add seven more for depth“. NHL.com (2007-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  6. „Edmonton Oilers sign forwards Zack Stortini and Carl Corazzini“. NHL.com (2008-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  7. McGuirk. „NEPSAC Piatelli/Simmons Final: St. Mark's 3, Rivers 2“. ESPN.com (2016-yil 6-mart). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.