Kontent qismiga oʻtish

Cardano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cardano — smart-kontaktlar uchun blokcheyn platforma bo’lib, IOHK kompaniyasi va Charlz Xoskinson tomonidan yaratilgan.[1][2] Platforma ishlab chiqilishi 2015-yilda boshlanib, 2017-yilda ishga tushirildi.[3]

Cardano ichki kriptovalyutasi ilk bor 2017-yilda $600 mln bozor kaptilizatsiyasi bilan chiqdi, 2021-yil aprelida esa kriptovalyuta kapitalizatsiyasi $39,8 mlrd. ni tashkil etdi.[4] Cardano kapitalizatsiya jihatidan dunyoning o’nta eng yirik kriptovalyutalari jumlasiga kiradi. Cardano kriptovalyutasi Ada Lavleys sharafiga ADA deb ataladi, platforma italiyalik matematik, muhandis, faylasuf va munajjim Djerolamo Kardano sharafiga atalgan.[5]

Cardano platformasi Cardano Settlement Layer (CSL) deb atalmish o’z blokcheynidan foydalanadi.[6] Platforma optsional ravishda blokcheynga shifrlangan metama’lumotlarni ham kiritishi mumkin bo’lib, kriptovalyuta sohiblarining maxfiyligini yetarlicha darajada saqlagan holda davlat tartibga keltiruvchi organlari bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.[7]

Сardano mayningi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyihada smart-kontraktlar o'zagida markazsizlashtirilgan ilovalar yaratish uchun instrumentlar taklif qilinadi. Cardano doirasida ishlab chiquvchilar Ethereum muammolarini, shu jumladan tarmoqning past o'tkazuvchanlik qobiliyati muammosini hal qilishni xohlaganlar. Ko'pchilikning o'ylashicha, loyiha jamoasi buning uddasidan chiqqan. Buning natijasida Cardanoni Ethereumning «potentsial qotillari» platformalar ro'yxatiga kiritib qo'yishdi.[8][9]

Cardano kriptovalyutasi PoS-algoritmda ishlaydi. Bu shuni anglatadiki, uning mayningini steyking deb atash to'g'riroq bo'ladi.[10]

Cardano ni quyidagi ikkita uslub bilan steyking qilish mumkin:

  • O'z nodlarini ishga tushirish orqali (tarmoq vazifalariga ishlov berish uchun tarmoq bog'lamasi). Jarayon chuqur texnik bilimlarni talab etadi. Bunday ish uchun mukofot – yuqori darajadagi to'lovlardir.
  • Vazifalarni taqsimlab topshirish orqali. Jarayonning mazmuni – kimning nodi bo'lsa, o'zining operatsiyalari ulushini ana o'shanga qayta ishlashga topshirish.

Cherez zapusk sobstvennoy nodы (setevogo uzla dlya obrabotki zadach seti). Protsess trebuyet glubokix texnicheskix znaniy. Nagradoy za rabotu budut povыshennыye vыplatы. Buning evaziga tarmoq bog'lamasi egasiga o'z mukofotini bo'lishishga to'g'ri keladi.[11]

  1. „Why Cardano“ (en). why.cardano.org. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  2. „Bitcoin’s Smaller Cousins Are Leading the Crypto Rally“ (en). bloomberg.com. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  3. „Cardano – «японский эфириум» с мировыми амбициями“ (ru). ain.ua. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  4. „Cyber Currency Guide“ (en). comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  5. „What is Ada?“ (en). cardano.org. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  6. „What’s behind the meteoric rise in obscure cryptocurrency Cardano?“ (en). moneyweek.com. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  7. „Startups push blockchain beyond cryptocurrency“ (en). asia.nikkei.com. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  8. „How to mine ADA (Cardano) coin“. stormgain.com. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  9. „Six recent Cardano (Ada) updates you must know about“. kucoin.com. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  10. „How to mine Cardano“. benzinga.com. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  11. „Cardano mining“. coinario.com. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.