Kontent qismiga oʻtish

Canal & River Trust

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Canal & River Trust — Buyuk Britaniyada tashkil etilgan nohukumat tashkilot. U 2000 mildan ortiq ichki suv yoʻllari: kanallar, daryolar, suv omborlari, shuningdek, Angliya va Uels suv havzalariga tegishli binolar va infratuzilmalarni, jumladan muzeylarni muhofaza qilish va rivojlantirish uchun tashkil etilgan. 2012-yil 12-iyulda British Waterways davlat kompaniyasining vorisi sifatida tashkil etilgan.

Buyuk Britaniyaning milliy ichki suv yoʻllarini saqlab qolish kontseptsiyas[1][2] birinchi marta 1940-yillar oxirida Tom Rolt va Robert Aykman tomonidan ilgari surildi. Ular shu maqsadda ichki suv yoʻllari uyushmasini tashkil etishdi.

Bu gʻoya 2008-yilda Britaniya suv yoʻllari tomonidan tiklandi. Tashkilot subvensiyalarning tobora qisqarishi, 2007-08-yillardagi moliyaviy inqirozdan keyin tijorat daromadlarining kamayishi va suv yoʻllaridan foydalanuvchilarni ularni boshqarishga koʻproq jalb qilish talablarining kuchayishi ortidan shunday yoʻl tutdi.

2009-yil 18-mayda parlament Umumpalatasi peshayvonida „Yigirmata yigirma — kanallar va daryolarimiz kelajagiga nazar“ taqdimoti ochildi. Unda British Waterways suv yoʻllarini boshqarishni tubdan qayta koʻrib chiqish va davlat boshqaruvidan notijorat tashkilotga oʻtishni taklif qildi. Tadbirni parlamentdagi uchta yetakchi partiya qoʻllab-quvvatladi.

2010-yil 24-martda Leyboristlar hukumati[3] British Waterways korporasiyasini birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Leyboristlarning 2010-yilgi mehnat manifestida ham qayd etilgandi: „Koʻproq odamlarga yuqori baholangan milliy boylikdan ulush berish uchun British Waterways qoʻshma egalaik tarzidagi birlashmaga aylantiriladi“[4].

2012-yil iyul oyida British Waterways kompaniyasining Angliya va Uelsdagi barcha aktivlari, majburiyatlari va javobgarligi 12-iyulda rasman ochilgan Canal & River Trust nohukumat tashkilotiga oʻtkazildi.

Kanallar va daryo yoqasidagi yoʻllardan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Canal&River Trust tomonidan boshqariladigan suv yoʻllaridan qayiqlar, baydarkalar, kanoelar va boshqa suvda suzish vositalarining foydalanishi uchun tegishli litsenziya toʻlovi toʻlanishi kerak. Shunda ularga ruxsat beriladi[5].

Piyodalar va velosipedchilar kanallar va daryolar yoqasidagi tarmoqlanib ketgan yoʻllardan bepul foydalanishlari mumkin. Ammo bu yoʻllarda otda sayr qilish, yoki kemalarni tortish uchun otdan foydalanish man etiladi, ruxsat berilgan holatlar istisno. Mototsikl va boshqa motorli transport vositalarining harakati va kirishi taqiqlanadi.

  1. „Work for us | Canal & River Trust“. canalrivertrust.org.uk. 2021-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.
  2. „Robert Aickman“ (deadlink). www.waterways.org.uk. 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2017-yil.
  3. Reforming Arm's Length Bodies. HM Treasury, 2010 — 10-bet. 
  4. „Labour manifesto 2010“. BBC News (12-aprel 2010-yil). 2014-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2017-yil.
  5. „Buy your boat licence“ (en). Canal & River Trust. 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.