CAC 40

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

CAC 40 (Cotation Assistée en Continu) Fransiyaning eng muhim fond indeksi hisoblanadi. Indeksning boshlangʻich qiymati-1000 punkt-1987-yil 31-dekabrda belgilangan.[1]

Indeksni hisoblash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indeks aksiyalari Euronext Paris fond birjasida savdo qilinadigan 40 ta eng yirik kompaniyaning kapitallashuv asosidagi aksiyalari bahosining oʻrtacha arifmetik koʻrsatkichi sifatida hisoblanadi. Qirqta kompaniyaning har biri bozorda mavjud boʻlgan qimmatli qogʻozlar qiymatiga qarab oʻlchanadigan oʻz indeksiga ega. Ogʻirliklar kompaniyadan kompaniyaga uning erkin kapitallashuviga qarab farq qiladi. Oʻlchash vaqtida kompaniya CAC 40da maksimal ogʻirligi 15% gacha qisqartiriladi.[2]

2003-yil 1-dekabrdan boshlab kapitallashuvni hisoblashda faqat erkin muomaladagi aksiyalar hisobga olinadi.[3]

Indeks birjaning ish kunlarida har 30 soniyada Markaziy Yevropa vaqti bilan 9:00 dan 17:30 gacha hisoblanadi.[4]

Tanlov mezonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

CAC 40 tarkibi har chorakda, Conseilcientifique des Indeces (CSI) ekspertlar qoʻmitasi tomonidan yangilab turiladi. Oʻzgarishlar har doim mart, iyun, sentabr va dekabr oylarining uchinchi juma kunlarida kuchga kiradi. Har yili sentabr oyida erkin oʻzgaruvchan aksiyalar soni qayta koʻrib chiqiladi.[5][6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „CAC 40 index profile“. euronext.com. 2007-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  2. „Rules for the CAC 40® index“. euronext.com. 2011-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  3. „Le CAC 40, qu’est-ce que c’est?“. lafinancepourtous.com. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  4. „Trading indices“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  5. „CAC 40: comment le conseil des indices choisit les heureux élus“. business.lesechos.fr. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  6. „Le Conseil scientifique des indices, grand manitou du CAC 40 (ENCADRE)“. lepoint.fr. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.