Byurakan astrofizika rasadxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byurakan astrofizika rasadxonasiArmaniston Faga qarashli rasadxona. 1946 yilda Aragats shahrida tashkil topgan (rasmiy ochilish marosimi 1956 yilda oʻtkazilgan); Byurakan qishlogʻi yaqinida 1500 m balandlikda joylashgan. Byurakan astrofizika rasadxonasi r.da qator optik va radio teleskoplar mavjud. Astrofizik kuzatuvlar asosan 1948 yildan boshlangan. Yulduz assotsiatsiyalari kashf etilishi (1947) Byurakan astrofizika rasadxonasi r. ilmiy yoʻnalishini belgilab berdi. Rasadxonaning hozirgi asosiy ilmiy mavzui — Galaktika tarkibini oʻrganish va u bilan bogʻliq muammolarni (yulduzlarning kelib chikishi va rivojlanishi kabi) hal etishdan iborat. Byurakan astrofizika rasadxonasi r.da 1952 yil "Turli tipdagi tarqoq yulduz toʻdalarining atlasi" nashr etildi. Rasadxonada yulduzlar va tumanliklar spektrlarini kuzatib oʻrganish, diffuz va planetar tumanliklarni tekshirish va boshqa ishlar, radioastrofizika sohasidagi i. t. ishlari (radioteleskoplarni loyihalash va qurish, kuzatuv usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish) keng koʻlamda olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil