Moliya siyosati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Byudjet siyosatidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.

Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliklar tizimi orqali iktisodiy usish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.

Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar yetishmagan hollarda qarzlar qoʻllaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga taʼsir koʻrsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish boʻyicha preferensiyalar keyingi oʻn yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda. Mac, AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (yaʼni davlatning soliqlar toʻgʻrisidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Moliya siyosati pul-kredit siyosati bilan qoʻshilib ketadi va oʻz tadbirlarini oʻtkazishda uning usullaridan foydalanadi. Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita tasarrufida va boshqaruvida boʻladi, pulkredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari — Markaziy bank tipidagi korxonlar shugʻullanadi. Makrodarajada Moliya siyosati davlat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar Moliya siyosatidan iborat. Moliya siyosatining tarkibiy qismi — byudjet siyosatining maqsadi davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan taʼminlashdir. Buning uchun byudjetning daromad qismi taʼminlanadi, byudjet daromadi va harajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini meʼyorida (YAIMga nisbatan 3%) boʻlishiga erishiladi.

Firmaning Moliya siyosati — bu firmaning oʻz moliya resurslarini hosil qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan maqsad firmaning rentabel boʻlishi, likvidligini taʼminlash va oʻz-oʻzini moliyalashtirishga erishishdir. Firma Moliya siyosati uning pul fondlaridan oqilona foydalanishiga, uning qarzdorligining meʼyorida boʻlishiga, pul mablaglarining oʻz vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning vaqtida bajarilishiga qaratiladi. Firma Moliya siyosatini uning egalari ishlab chiqadi, amalga oshirilishini esa moliya menejeri taʼminlaydi. Xonadon Moliya siyosati — uning daromadlari va harajatlarini balanslashtirish, yaʼni daromad manbalarini topish, daromadlarni oqilona ishlatish va farovonlikni oshirishni koʻzlaydi.

Moliya siyosatining natijasi uning asoslangan boʻlishi, real imkoniyatlardan kelib chiqishi va uni izchil amalga oshirilishiga bogʻliq.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil