Buyraktosh kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyraktosh kasalligi, nefrolitiaz — buyrak va siydik yoʻllarida tosh (konkrement) hosil boʻlishi bilan kechadigan kasallik. Bir yoki ikki tomonlama boʻladi. Brlalarga nisbatan kattalar orasida koʻproquchraydi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, oqsillar tanqisligi, meʼdaichak kasalliklari, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar faoliyatining kuchayishi, piyelonefrit, buyrakdan siydik oqimi qiyinlik bilan oʻtadigan boshqa kasalliklar oqibatida moddalar almashinuvinhtt buzilishi sabab boʻladi. Irsiy omillarning ham ahamiyati bor. Kasallik asosida oqsil oʻlaksasi atrofiga siydikda qiyin eriydigan tuz kristallari yopishib, mikrolitlar hosil qilishi yotadi; ular astasekin kattalashib, toshlarga aylanadi (mas, urat kislota tuzlaridan uratlar, kalsiy oksalatdan esa oksalat toshlari va h. k.). Tosh oʻlchamlari kattalasha borib, buyrak kosachasi yoki jomiga tiqilib, siydik dimlanishi roʻy berganda, oʻziga xos klinik manzara kuzatiladi. Belning oʻng yoki chap tarafida qattiq sanchiq paydo boʻlib (qarang Buyrak sanchigi), u jinsiy aʼzolarga, sonning old yuzasiga tarqaladi. Sanchiq bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Baʼzan ogʻriq suyet boʻlib, jismoniy ish qilganda, sakraganda, transport silkitganida, tosh joyidan siljib, siydik nayiga yoki qovuqqa oʻtganida ogʻriq kuchayishi va bunda mikrogematuriya makrogematuriyaga aylanishi mumkin. Bolalar serharxasha boʻlib, bezovtalanadi, qorni yoki kindik atrofini koʻrsatib, chinqirib yigʻlaydi, siydikda leykotsit va eritrotsitlar boʻladi. Ultratovush (UTT) yoki rentgen tekshiruvlariga asoslanib tashhis qoʻyiladi. Toshning oʻlchami siydik nayidan chiqa olish darajasida boʻlsa, uni erituvchi dorilar, giyoxdar va parhez yordamida davolanadi. Litotriptor yordamida toshni maydalab, siydik yoʻllaridan chiqarib yuborish tobora koʻp qoʻllanilmoqsa. Zaruriy hollarda jarrohlik usulida tosh buyrakdan olib tashlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil