Buxoroning turli nomlari
Buxoro koʼp ismlarga ega ekanligini Аhmad ibn Muhammad ibn Nasr keltiradi va oʼz kitobida Numijkat degan ismni keltiradi. Manbalarda Bumiskat, arab tilida «Madinat us-sufriya», yaʼni «Mis shahar» va yana boshqa bir joyda arab tilida «Madinat ut-tujjor», yaʼni «Savdogarlar shahri» deb yozilgan. Buxoro degan nom u nomlarning hammasidan mashhurroqdir. Xuroson shaharlaridan birontasi ham bunchalik koʼp nomga ega emas.
Bir hadisda Buxoro nomi Foxira boʼlib, kelgan. Xoja imom, zohid, voiz Muhammad ibn Аli Nujva bodiy rahmatli Salmoni Forsiydan bir hadis rivoyat qilgan Salmonning aytishicha paygʼambar,—xudo unga oʼz rahmat va salomini yoʼllasin, — shunday degan: Jabroil— unga xudoning rahmatlari boʼlsin — aytganki, kun chiqish tomonda bir joy bor, uni Xuroson deydilar, uning uchta shaharini qiyomat kuni yoqut va marjon bilan ziynatlab keltiradilar; ulardan nur chiqib turadi; u shaharlarning tevaragida farishtalar koʼp boʼlib, ular tasbih, xamd va takbir aytadilar, kelinni kuyov uyiga olib borgandek u shaharlarni eʼzoz va ikrom bilan mahshargohga olib keladilar. Bu shaharlarning har birida yetmish mingdan bayroq, har bir bayroq tagida yetmish mingtadan shahid (yotgan) boʼladi va har bir shahidning shafoati bilan forscha soʼzlovchi va xudoni bir deb biluvchi yetmish ming kishi azobdan qutuladi. Qiyomat kuni u shaharlarning har tarafi: oʼng va soʼli, oldi va orqasi oʼn kunlik yoʼl boʼlib, bularning hammasida shahidlar turadi. Hazrat paygʼambar,— xudo unga rahmat va salomini yoʼllasin,— Ey Jabrail! U shaharlarning nomlarini menga ayt, deb soʼradi; Jabroil,— unga xudoning salomi boʼlsin,—shaharlarning birini arab tilida Qosimiy forschada, Yashkard deydilar; ikkinchisini arabchada Samaron, forschada Samarqand deydilar; uchinchisini arabchada Foxira, forschada Buxoro deydilar,— deb javob berdi. Paygʼambar,— xudo unga oʼz salomi va rahmatini yoʼllasin,— soʼradi: Ey Jabrail! Nega Foxira deb ataydilar? Jabrail: shunnng uchunki, qiyomat kuni Buxoro shahari oʼzida shahidlarning koʼpligi bilan faxr qiladi, deb javob berdi. Paygʼambar,— xudo unga oʼz salom va rahmatini yoʼllasin, — xitob qilib: Ey xudo! Foxiraga barakat bergin, uning xalqlari dillarini taqvo bilan pok etgin, ishlarini pokiza qilgin va ularni mening ummatimga marhamatli qilgin!-dedi. Аna shu maʼni tufayli buxoroliklarning rahmdilliklariga, ularning eʼtiqodlilik va pokliklariga kun chiqish va kun botish guvohlik beradi.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy haqida batafsil ma'lumot
Buxoro tarixi asari haqida batafsil ma'lumot
Narshaxiy-Buxoro tarixi.Yuklab olish uchun manba