Buxorodagi qadimgi qishloqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zandana. Katta qalʼaga, koʼpgina bozor joylarga masjidi jomega ega qishloq. Bu yerda har juma kuni namoz oʼqiganlar va bozor qilganlar. Bu qishloqda (toʼqib) chiqariladigan narsa — boʼzni «Zandaniychi», yaʼni «Zandana qishlogʼidan chiqadigan» deb ataganlar. Bu yerda u ham yaxshi, ham koʼp boʼlgan. Shu xil boʼzdan Buxoroning koʼp qishloqlarida toʼqiganlar  va buni ham «zandaniychi» deb ataganlarar. Chunki u avvalo shu qishloqda toʼqib chiqarilgan. Shu xil boʼzdan Iroq, Fors, Kermon, Hindiston va boshqalar kabi hamma viloyatlarga olib borganlar. Barcha ulugʼlar va podshohlar undan kiyim qilganlarlar va ipakli kiyimlik bahosida sotib olganlar.

Vardona. Bu katta bir qishloq boʼlib, kuhandizga, katta va kustahkam hisorga ega bo’lgan. Qadim vaqtlardan podshohlarning turarjoylari boʼlgan, (lekin) hozirda unda podshoh oʼtiradigan qarorgoh bo’lmagan. Vardona Buxoro shahridan qadimroq (barpo boʼlgan) uni Shohpur Malik16 bino qilgan. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har haftada bir kun bozor boʼlib savdogarlar koʼp kelganlar. U yerdan chiqadigan narsa ham yaxshi xil «Zandaniychi» boʼlgan.

Аfshina. Katta shoristonga va mustahkam hisorga ega bo’lgan. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor boʼlgan. Bu qishloqning ekin yerlari va

biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan. Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jome bino qilgan. Muhammad ibn Vose ham bir masjid qurdirgan. Bu yer duo qabul boʼladigan joy bo’lgan. Odamlar shahardan u joyga borganlar va uni tabarruk deb hisoblaydilar.

Baykand- .Baykandni shaharlar jumlasidan deb hisoblaydilar.Baykand aholisi,biror kishining Baykandni qishloq deb atashiga rozilik bergan emaslar.Agar biror Baykandlik, Bag’dodga borsa va undan ,,sen qayerdansan?’’ deb so’rasalar u Baykanddanman degan,Buxorodanman degan emas.Baykandda katta masjidi jome va oliy imoratlar bor.To ikki yuz qirqinchi yilgacha(2-iyun 854-21-may 855) Baykand darvozasi oldida ko’p rabotlar bo’lgan. Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy o’z kitobida keltirilishicha,Baykandda Buxoro qishloqlari sonicha,mingdan ortiq rabot bo’lgan.Buning sababi shuki,Baykand katta va yaxshi joy bo’lib,har bir qishloqning aholisi u yerda bir rabot qurib unga bir to’da kishilarni joylab qo’ygan va  ularning nafaqalarini qishloqdan yuborib turgan.Qish faslida kofirlar (yig’ilib) hujum qiladigan vaqt bo’lganida har bir qishloqdan u joyga ko’p xalq to’planib g’azot qilganlar.(Shunda) har bir qavm o’z rabotiga kelib tushgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy haqida batafsil ma'lumot
 Buxoro tarixi asari haqida batafsil ma'lumot
 Narshaxiy-Buxoro tarixi.Yuklab olish uchun manba