Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar Vazirligiga qarashli taʼlim muassasasi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentyabrda Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PF-5812-son Farmoni bilan Buxoro Shahar kasb-hunar maktabiga aylantirildi.

Taʼlim yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro shahar kasb-hunar maktabida Tikuvchilik, Kompyuter grafikasi va dizayn operatori, Sartarosh (modelyer), Bank nazoratchisi, Oshpaz, Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, Avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat koʻrsatish, Elektromontajchi-sozlovchi, Apparat va dasturiy taʼminot sozlovchisi, Yongʻin oʻchiruvchi-qutqaruvchi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida UNESCO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagich (MSKO)ning 3-darajasiga mos boshlangʻich professional kadrlar tayyorlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]