Buxoro gʻichmolasi
Buxoro g'ichmolasi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||
| ||||||
B.Fedstch |
Buxoro gʻichmolasi —Oʻsimliklar dunyosiga kiruvchi, Janubi-Gʻarbiy Pomir-Oloyga xos soni qisqarib borayotgan, endemik tur.
Qisqacha tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 20-50 cm, bir yillik oʻsimlik. Bu oʻsimlik bir vegetatsiyon yil yoki mavsum yashaydi.Poyasi tik, qalin oq tukli.Barglari bandsiz yoki qisqa bandli, yumaloq-tuhumsimon, uzunligi va eni 3-5 cm atrofida, oq momiq tukli, asosi yumaloq yoki yuraksimon. Gajak toʻpguli bir tomonga qayrilgan, gullari juft yoki 3-4 tadan iborat, ikki uyali,2-3 cm uzunlikda,mevalaganda yana ham uzayadi, oq qalin tuklar bilan qoplangan. Gulkosachasi qalin tukli, uunligi 3 mm atrofida, kosacha boʻlaklari toʻmtoq.Guli sariqyoki oq. Ustunchasi qisqa va tuksi. Tumshuqchasi konus-bigizsimon, ustunchadan 2-3 marta uzun. Yongʻoqchasi silliq, tuksiz, choʻziq,1-5 mm uunlikda. May-iyunda gullab, iyul-avgustda mevalaydi. Bu oʻsimlik zaxarli boʻlib, uni isteʼmol qilish man etilgan.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari:Hisor togʻlarining janubi-gʻarbiy qismida tarqalgan. BU oʻsimlikni urugʻlash va boʻlish usullari bilan koʻpaytirish mumkin. Urugʻ orqli koʻpaytirish juda ommalashgan usul.
Oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tub jinsli, ola tusli hamda gipsli tuproqlarda oʻsadi. Bu oʻsimlik parvarishlash kerak emas. U oʻz holda oʻsadi.
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aniqlanmagan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil(flora) kitobiga kiritilgan.
Oʻsimlik soni va aryealining oʻzgarishi sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan tub jinsli va ola tusli tuproq qatlamlardagina oʻsishi bu oʻsimlik turining tarqalishini cheklaydi.
Madaniylashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro,Navoiy va Qashqadayo viloyatlarida muhofaza qilinadi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1.https://www.plantarium.ru/page/view/item/18438.html -> Buxoro gʻichmolasi va shu oilaga mansub oʻsimliklar fotosuratlari.
2.https://www.earthandjungle.com/variety/VaNCNt1Z/heliotropium-bucharicum -> Buxoro gʻichmolasini qanday uy sharoitida oʻstirish, parvarishlash haqida inglicha maʼlumotlar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmedov. Buxoro g'ichmolasi. Chinor ENK — 327-bet.
- ↑ Abduxalilova, Madinaxon. „O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"ga (2006-2019) kiritilgan g'ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili“. 180-bet.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam)